(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-sentabrdagi PF-6313-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 06/21/6313/0871-son)
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
“Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 31-maydagi PF-1467-son Farmoniga ilovaning 32-bandi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 1-iyuldagi PF-2010-son Farmoni;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 5-dekabrdagi PF-2772-son Farmoniga ilovaning 2-bandidagi “a” kichik bandi, 3 va 4-bandlari.
3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 1-oktabr,
PF-3323-son