PF-517-son Farmon · 22.12.1992

Oʻzbekiston Respublikasi oʻquvchilari va talabalarining har yilgi qishki taʼtili toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-517
  • Qabul qilingan sana:22.12.1992
  • Kuchga kirgan sana:22.12.1992
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 2

1. Tugaydigan yilning oxirgi toʻrt kuni va yangi yilning birinchi oʻn kunligi davrida Oʻzbekiston Respublikasi oʻquvchilari va talabalarining har yilgi ikki haftalik qishki taʼtilini oʻtkazish toʻgʻrisida Xalq taʼlimi vazirligi bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining taklifi qabul qilinsin.

2. Oʻquv yurtlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar:

qishki taʼtilni uyushqoqlik bilan oʻtkazish yuzasidan zarur choralarni koʻrsinlar;

kunduzgi boʻlim talabalari va oʻquvchilarining doimiy istiqomat joylariga borib kelishlariga yordam bersinlar;

taʼtil davrida maktablar va oliy oʻquv yurtlarining pedagogika sohasidagi imkoniyatlaridan samarali foydalanishni taʼminlasinlar, oʻquvchilar va talabalar bilan ishlashning darsdan tashqari faol usullarini, shuningdek pedagog xodimlar malakasini oshirishni, oliy oʻquv yurtining sohasiga muvofiq turli maslahat yordami berishni koʻzda tutsinlar.

3. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari pedagog jamoalar bilan birgalikda qishki taʼtil davrida yoshlar uchun jonajon oʻlkani, uning gʻoyat boy tarixiy merosini, madaniyati va milliy anʼanalarini oʻrganishni koʻzda tutuvchi tadbirlarni tashkil qilsinlar.

4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Avtomobil transporti vazirligi, Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasi qishki taʼtil davrida oʻquv yurtlarining buyurtmalariga binoan kunduzgi boʻlimlarning talabalari va oʻquvchilariga yoʻl haqi chiptalarini 50 foizli chegirtma bilan sotishni taʼminlasinlar.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1992-yil 22-dekabr,

PF-517-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.