Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan egalarining biometrik maʼlumotlari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini amalga kiritish chora-tadbirlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 23-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4117-son Farmonida:
a) 1-banddagi “2010-yil 1-yanvardan” soʻzi “2011-yil 1-yanvardan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “birinchi bosqich (2010-yil)” soʻzlari “birinchi bosqich (2011-yil)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “ikkinchi bosqich (2011 — 2015-yillar)” soʻzlari “ikkinchi bosqich (2012 — 2015-yillar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 3 va 3a-ilovalar mazkur Farmonga 1* va 2-ilovalar* tahririga muvofiq bayon etilsin.
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
2. Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu Farmon talablarini inobatga olgan holda, amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan oʻrnatilgan tartibda takliflar kiritsin.
3. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-dekabr,
PF-4160-son