Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 11, 63-moddalariga asosan:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha Oliy malaka komissiyasining yangi tahrirdagi Nizomi, shuningdek uning tarkibi 1, 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan. 2-ilova berilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 4-maydagi PF-2599-son Farmoni bilan tasdiqlangan 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.
3. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 19-mart,
PF-2817-son