PQ-1501-son Qaror · 11.03.2011

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit berishni koʻpaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1501
  • Qabul qilingan sana:11.03.2011
  • Kuchga kirgan sana:11.03.2011
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 10-11

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1474-son qaroriga muvofiq hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni moliyalashtirishning, aholi bandligi va farovonligini oshirishning muhim vositasi sifatida mikromoliyalash sohasini rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining tijorat banklarining imtiyozli kredit berish maxsus Jamgʻarmasi resurslari hisobidan kredit berishdan olinadigan tijorat banklarining daromadlari boʻshaydigan mablagʻlarni mazkur jamgʻarmaning resurs bazasini oshirishga maqsadli yoʻnaltirish sharti bilan yuridik shaxslar foydasidan toʻlanadigan soliqdan 2011-yil 1-apreldan boshlab 2016-yilning 1-yanvarigacha ozod etish taklifi qabul qilinsin.

2. Belgilansinki, tijorat banklarining imtiyozli kredit berish maxsus Jamgʻarmasi mablagʻlari asosan olis va yetib borish qiyin boʻlgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari keragidan ortiq boʻlgan tumanlar hamda shaharlardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida, ishlab chiqarish mikrofirmalari, kichik korxonalar, dehqon hamda fermer xoʻjaliklarida yuqori texnologik va innovatsion loyihalarni moliyalash uchun ajratiladi.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2011-yil 11-mart,

PQ-1501-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.