Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirishni, ularning sarmoya bilan bogʻliq faoliyatini kuchaytirishni, yuqori malakali ishchilar va mutaxassislarni jalb etishni ragʻbatlantirish maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PF-5228-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2017-y., 06/17/5228/0210-son)
2. Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari uchun ish haqiga sarflanadigan mablagʻlarni davlat yoʻli bilan boshqarishning amaldagi tartibi 1997-yil 1-yanvardan bekor qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki bir hafta muddatda amaldagi qonunlar va meʼyoriy hujjatlarga mazkur Farmon asosida tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflarni tayyorlasin.
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Hamidov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F. Mullajonovga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 13-dekabr,
PF-1659-son