PF-1867-son Farmon · 30.09.1997

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining tarkibini oʻzgartirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1867
  • Qabul qilingan sana:30.09.1997
  • Kuchga kirgan sana:30.09.1997
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 9

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503 sonli “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni qisman oʻzgartirilib:

1. 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-sonli Farmonning 1-bandi quyidagicha tahrirda bayon qilinsin: “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik va jismoniy shaxslarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish etishni muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Davlat soliq qoʻmitasi (shaxsan Davlat soliq qoʻmitasining raisi V.S. Beganov) zimmasiga yuklatilsin”.

2. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining yangi tarkibi tasdiqlansin*.

* Ilova berilmaydi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-sonli Farmonining ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1997-yil 30-sentabr,

PF-1867-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.