PQ-1493-son Qaror · 02.03.2011

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1493
  • Qabul qilingan sana:02.03.2011
  • Kuchga kirgan sana:02.03.2011
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 3

Respublikada isteʼdodli yoshlarning ijtimoiy faolligini har tomonlama koʻllab-quvvatlash, milliy istiqlol gʻoyalari va madaniy-maʼrifiy qadriyatlarni hayotga tatbiq etishdagi ibratli faoliyatini ragʻbatlantirish, barkamol xotin-qizlar avlodni voyaga yetkazish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 1999 nil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining takliflariga binoan, aʼlo xulqi, zukkoligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari, tashabbuskorligi bilan noyob isteʼdodini namoyon etayotgan hamda adabiyot, madaniyat, sanʼat, fan, taʼlim va sport sohalaridagi alohida yutuqlari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlari Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bagʻishlab oʻtkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarning har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari F. Akbarova zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2011-yil 2-mart,

PQ-1493-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.