PQ-1579-son Qaror · 13.07.2011

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1579
  • Qabul qilingan sana:13.07.2011
  • Kuchga kirgan sana:13.07.2011
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:O‘R QТ 28

1. Eron Islom Respublikasi, Ummon Sultonligi, Qatar Davlati, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida Xalqaro transport hamda tranzit yoʻlagini tashkil etish toʻgʻrisida 2011-yil 25-aprel kuni Ashxobod shahrida imzolangan Bitim (Ashxobod Bitimi) tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2011-yil 13-iyul,

PQ-1579-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.