PF-1334-son Farmon · 28.12.1995

Ulugʻ vatan urushi yillarida harbiy majburiyatlarini bajargan yoki mamlakat ichkarisida ishlagan shaxslarga pensiyalarni toʻlash tartibi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1334
  • Qabul qilingan sana:28.12.1995
  • Kuchga kirgan sana:28.12.1995
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 12

1. “Ishlovchi pensionerlarga pensiyalarni toʻlash toʻgʻrisida” 1995-yil 20-noyabrdagi 1289-son Farmonga qoʻshimcha ravishda shu narsa belgilab qoʻyilsinki, Ulugʻ Vatan urushi yillarida harbiy majburiyatlarini bajargan yoki mamlakat ichkarisida ishlagan, hozirda ham ishlab turgan pensionerlarga 1996-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida pensiyalar toʻliq miqdorda toʻlanadi.

2. Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy taʼminot, mudofaa, ichki ishlar, moliya vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati va Ijtimoiy sugʻurta fondi “Ishlovchi pensionerlarga pensiyalar toʻlash tartibi”ga bir hafta muddat ichida tegishli qoʻshimchalarni kiritsinlar hamda respublikaning barcha vazirliklariga, idoralari, korxonalari va tashkilotlariga yetkazsinlar.

3. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda amaldagi qonunlarni ushbu Farmon qoidalariga muvofiq holga keltirish borasidagi takliflarni bir hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

4. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1995-yil 28-dekabr,

PF-1334-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.