PF-1203-son Farmon · 07.07.1995

Navoiy davlat konchilik institutini tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-1203
  • Qabul qilingan sana:07.07.1995
  • Kuchga kirgan sana:07.07.1995
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 7-8

Oʻzbekiston kon-metallurgiya majmuining ustuvor rivojlanishini taʼminlash va foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlash maqsadida:

1. Navoiy viloyati hokimligi, “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni, “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining Navoiy texnika kolleji negizida Navoiy davlat konchilik institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.

2. Quyidagilar institut faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:

— konchilik ishlari, kon-metallurgiya, kimyo-texnologiya, energetika va mashinasozlik sohalari boʻyicha mutaxassislar — konstruktorlar, texnologlar, taʼmirlov va shu sohalarning ishlatuvchilarini tayyorlash;

— jahon fundamental va amaliy tadqiqotlari yutuqlarini oʻrganish asosida foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sohasida oʻz ilmiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish;

— foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida yangi ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni respublikaning muayyan geologik hamda iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda amaliyotga joriy qilish;

— jahon fani va texnologiyalarining eng yangi yutuqlari negizida foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida mutaxassislar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash;

— respublika konchilik tarmogʻini rivojlantirishni ilmiy tahlil va prognoz qilish;

— chet ellardagi yirik oʻquv yurtlari, MDH mamlakatlaridagi yetakchi konchilik va kon-metallurgiya oliy oʻquv yurtlari hamda ilmiy markazlari bilan keng kooperatsiyani amalga oshirish.

3. Navoiy shahridagi 2-hunar-texnika bilim yurti negizida Navoiy davlat konchilik instituti huzurida kollej tashkil etilsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 15 kun muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi tegishli qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1995-yil 7-iyul,

PF-1203-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.