Matbuot va ommaviy axborot vositalarining davlat istiqlol gʻoyalarini targʻib etish, yangi demokratik jamiyat qurishda, aholini Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlarini eʼtirof qilgan holda, shuningdek jurnalistlar jamoalari, adiblar, olimlar va keng jamoatchilikning koʻplab takliflarini inobatga olib:
1. Respublika Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni etib 27-iyun belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82-moddasiga muvofiq ushbu masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 24-iyun,
PF-613-son