PQ-1648-son Qaror · 25.11.2011

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1648
  • Qabul qilingan sana:25.11.2011
  • Kuchga kirgan sana:25.11.2011
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 48

1. MDHga aʼzo davlatlar hukumat rahbarlari Kengashining yigʻilishida davlatlararo axborot almashinuvini tashkil etish hamda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar maʼlumotlari milliy bazasini shakllantirish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisida 2009-yil 20-noyabrda Yalta shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bitimni amalga oshirishda masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani haqida va Bitimni amalga oshirishda masʼul boʻlgan vakolatli organ toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2011-yil 25-noyabr,

PQ-1648-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.