PF-166-son Farmon · 18.03.1991

Shaxsiy tomorqa xoʻjaliklarining egalari boʻlmish dehqonlarga moliyaviy yordam berish va ular uyushmasi moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-166
  • Qabul qilingan sana:18.03.1991
  • Kuchga kirgan sana:18.03.1991
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 5

Shaxsiy tomorqa xoʻjaliklarining egalari uyushmasini respublika aholisini oziq-ovqat bilan taʼminlovchi asosiy sohalardan biri sifatida qaror toptirish, uning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash, shuningdek bozor munosabatlariga kirish davrida dehqonlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida:

1. Uyushmaning shaxsiy tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirishga yordam berish fondini tashkil etish uchun bir milliard soʻm ajratilsin.

2. Vazirlar Kabineti zimmasiga shaxsiy tomorqa xoʻjaliklari egalari uyushmasiga shaxsiy xoʻjaliklar sohasi uchun moddiy-texnika resurslari boʻyicha fond egasi vazifalarini berish vakolati topshirilsin.

3. Shaxsiy tomorqa xoʻjaliklari egalari uyushmasi kengashi Oʻzbekiston SSR Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Dehqonchilik-sanoat banki, Oʻzbekiston SSR Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va viloyat ijroiya komitetlari bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida shaxsiy tomorqa xoʻjaliklarini rivojlantirishga yordam berish fondining maqomi va undan foydalanish toʻgʻrisidagi Nizomni tayyorlab chiqsin va Vazirlar Kabinetiga taqdim etsin.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1991-yil 18-mart,

PF-166-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.