PQ-1723-son Qaror · 09.03.2012

Xalqaro shartnomani bekor qilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1723
  • Qabul qilingan sana:09.03.2012
  • Kuchga kirgan sana:09.03.2012
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 10

1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ukraina Hukumati oʻrtasida yuklarni tashish boʻyicha Ukraina-Oʻzbekiston qoʻshma aviakompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida 1996-yil 5-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan Bitim bekor qilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma bekor qilingani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hukumatlararo bitimni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 20-martdagi 155-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2012-yil 9-mart,

PQ-1723-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.