PQ-1756-son Qaror · 15.05.2012

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1756
  • Qabul qilingan sana:15.05.2012
  • Kuchga kirgan sana:15.05.2012
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 20

Oʻzbekiston Respublikasining “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek alkogol va tamaki mahsulotlarining zararli taʼsiridan avvalambor yigirma yoshga yetmagan fuqarolarning sogʻligʻini saqlashni taʼminlash, jumladan alkogol mahsulotlarining chakana savdosini yanada tartibga solish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2012-yil 15-may,

PQ-1756-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 15-maydagi PQ-1756-son qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)

2. Mahalliy soliqlar va yigʻimlarning cheklangan stavkalari 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qarorining 21-ilovasi) quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“‎ №‎ Soliqlar va yigʻimlarning turlari‎ Cheklangan stavkalar‎ ‎ 3. Huquq uchun yigʻim**:‎ ‎ ‎ alkogolli mahsulotlarning chakana savdosi‎ 1 oy uchun eng kam ish haqining 5 baravari ‎ ‎ umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogolli mahsulotlarni sotish‎ ‎ qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan ishlangan buyumlarning chakana savdosi‎ 1 oy savdo qilish uchun eng kam ish haqining 3,5 baravari‎ ”.‎

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.