PQ-1768-son Qaror · 04.06.2012

Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1768
  • Qabul qilingan sana:04.06.2012
  • Kuchga kirgan sana:04.06.2012
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 26-27

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2012-yil 10-apreldagi PF–4434-son Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Baʼzi respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-iyuldagi PQ–423-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi:

quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“xorijiy investorlarning buyurtmanomalari boʻyicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni barpo etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida boʻlgan past likvidli obyektlarni aniq investitsiya majburiyati ostida investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan tanlov oʻtkazmasdan “nulinchi” xarid qiymati boʻyicha sotilsin”.

oʻn toʻrtinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishli ravishda oʻn beshinchi va yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2012-yil 4-iyun,

PQ–1768-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.