PQ-1816-son Qaror · 10.09.2012

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishga doir chora-tadbirlarni davom ettirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1816
  • Qabul qilingan sana:10.09.2012
  • Kuchga kirgan sana:10.09.2012
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 38

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasini jahon amaliyotida qoʻllanilayotgan Tovarlarni taʼriflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimi (2012-yilgi versiya) bilan unifikatsiya qilish maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, jahon savdosiga chiqarilgan tovarlarning xalqaro klassifikatsiyasini uygʻunlashtirish maqsadida Jahon bojxona tashkiloti tomonidan Tovarlarni taʼriflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimiga 2012-yilda kuchga kirgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

2. 2012-yilning 1-oktabridan boshlab yangilangan taʼriflash va kodlashning uygʻunlashtirilgan tizimi negizida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi (2012-yilgi versiya) amalga kiritilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2012-yilning 1-oktabrigacha boʻlgan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining Tovar nomenklaturasi (2012-yilgi versiya) chop etilishi hamda manfaatdor tashkilotlarga yetkazilishini taʼminlasin.

3. 2012-yilning 1-oktabridan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga* muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

4. 2012-yilning 1-oktabridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 27-martdagi PQ–823-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2012-yil 10-sentabr,

PQ–1816-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.