PF-236-son Farmon · 21.08.1991

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidentining 1991-yil 21-avgustdagi PF-236-son Farmoni

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-236
  • Qabul qilingan sana:21.08.1991
  • Kuchga kirgan sana:21.08.1991
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 10

Mamlakatda yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatda va SSSRda Favqulotda holat davlat komiteti tuzish toʻgʻrisidagi qarorga koʻra, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokida 1991-yil 20-avgustda boʻlgan qoʻshma majlisining Bayonotiga muvofiq, shuningdek, ijroiya, huquqni muhofaza qilish hamda boshqa hokimiyat va boshqaruv organlarining ishlarida ziddiyatlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida quyidagilar belgilab qoʻyilsin:

1. Oʻzbekiston SSR hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, Oʻzbekiston SSR Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi bilan Oʻzbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlariga soʻzsiz mos kelishi kerak.

2. SSSRda Favqulotda holat davlat komitetining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb hisoblansin.

Mazkur Farmon imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1991-yil 21-avgust,

PF-236-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.