PF-2246-son Farmon · 17.03.1999

Хotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2246
  • Qabul qilingan sana:17.03.1999
  • Kuchga kirgan sana:17.03.1999
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 3

Ishlovchi ayollarning yuqori malakali mehnatini ragʻbatlantirish, ularning daromadlarini oshirish hamda oilada, davlat va jamiyat qurilishida xotin-qizlarning rolini kuchaytirish, ularning huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha 1999-yilgi tadbirlar Davlat dasturini roʻyobga chiqarish maqsadida:

1. Belgilab qoʻyilsinki, 1999-yilning 1-iyulidan boshlab, ayollar yoshga doir pensiyaga chiqqandan keyin oʻrta va kichik tibbiyot xodimlari, provizorlar, nogiron bolalarning internat uylarida, “Mehribonlik” uylarida tarbiyachilar, shuningdek kutubxonachilar sifatida ishlashni davom ettirayotgan va pensiyaga chiqish oldidan mazkur mutaxassisliklar boʻyicha kamida oʻn yil stajga ega boʻlgan hollarda ularning pensiyani toʻliq miqdorda olish huquqi saqlab qolinadi.

2. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1999-yil 17-mart,

PF-2246-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.