PF-4533-son Farmon · 19.04.2013

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-sonli Farmoniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4533
  • Qabul qilingan sana:19.04.2013
  • Kuchga kirgan sana:29.04.2013
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 17

Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini takomillashtirish va melioratsiya ishlarini moliyalashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-sonli Farmoniga qoʻshimcha va oʻzgartishlar ilovaga muvofiq kiritilsin.

2. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2013-yil 19-aprel,

PF-4533-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-apreldagi PF-4533-sonli Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 29-oktabrdagi PF-3932-sonli Farmoniga kiritiladigan qoʻshimcha va oʻzgartishlar

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

2. 7-bandida:

(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

b) toʻrtinchi xatboshidagi “besh yil” soʻzlari “oʻn yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) quyidagi mazmunda beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“2013 — 2017-yillar mobaynida “Oʻzmeliomashlizing” Davlat lizing kompaniyasining “Meliomashlizingservis” shoʻba korxonasi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kiriladigan tovarlar, melioratsiya texnikasiga, mashina va mexanizmlarga texnik hamda servis xizmati koʻrsatish uchun xarid qilinadigan ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar uchun boj toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadi”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.