PQ-1967-son Qaror · 17.05.2013

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1967
  • Qabul qilingan sana:17.05.2013
  • Kuchga kirgan sana:27.05.2013
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 21

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 10-dekabrdagi PQ–1875-sonli qaroriga muvofiq hamda umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik komplekslarni chop etish hamda yetkazib berishni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2013-yil 17-may,

№ PQ–1967

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 17-maydagi PQ–1967-sonli qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini darsliklar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 31-maydagi PQ-362-sonli qarorida:

a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “(R.S.Qosimov)” soʻzlari “(A.I.Ikromov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;

b) 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“8. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashr qilish va qayta nashr qilish boʻyicha tanlov (tender) savdolarini oʻtkazishda raqobat toʻgʻrisidagi qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin”;

v) quyidagi mazmundagi 8-1 bandi bilan toʻldirilsin:

“8-1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tartibga solish nazarda tutilgan taʼlim muassasalari uchun darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar haqi, shuningdek ayrim oʻquv adabiyotlarini deklaratsiya qilishda ularning narxi sunʼiy ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin;

belgilangan tartibda oʻquv adabiyotlarini yangilashda ularning narxlari dinamikasi monitoringini yuritsin va monitoring natijalari boʻyicha yangi oʻquv dasturlari, uzluksiz taʼlim tizimi uchun darsliklarni qayta koʻrib chiqish va yaratish boʻyicha Hukumat komissiyasiga maʼlumot kiritsin”;

g) 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I.Ikromov zimmasiga yuklansin”.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2019-y., 06/19/5759/3385-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.