PF-2065-son Farmon · 03.08.1998

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-yanvardagi “Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-1919-sonli Farmoniga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2065
  • Qabul qilingan sana:03.08.1998
  • Kuchga kirgan sana:03.08.1998
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 8

Yangi korxonalar qurish va ishlab turgan korxonalarni texnik jihatdan qayta jihozlash, ularning faoliyatini texnologik jihatdan raqobatbardoshli mahsulot ishlab chiqarishga yoʻnaltirish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 19-yanvardagi PF–1919-sonli Farmoni qoidalari quyidagi band bilan toʻldirilsin:

“Yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, shuningdek, ishlab turgan korxonalarni yangilash va texnik jihatdan qayta jihozlashga doir belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq, respublika hududiga keltirilayotgan texnologiya uskunalari, vakolatli bankning tegishli tasdiqlovchi hujjati boʻlgan taqdirda qoʻshimcha qiymat soligʻidan ozod qilinsin”.

2. Vazirlar Mahkamasining Investitsiya dasturlari departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Markaziy banki, vakolatli banklar bilan birgalikda bir hafta muddat ichida tasdiqlangan investitsiya loyihalariga muvofiq, import qilinayotgan texnologiya uskunalarini qoʻshimcha qiymat soligʻini toʻlashdan ozod qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1998-yil 3-avgust,

PF-2065-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.