PF-2535-son Farmon · 07.02.2000

Oʻzbekiston Respublikasi sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasini sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga aylantirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2535
  • Qabul qilingan sana:07.02.2000
  • Kuchga kirgan sana:07.02.2000
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 2-3

Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini boshqarishni yanada takomillashtirish va nazorat qilish samaradorligini taʼminlash maqsadida:

1. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga aylantirilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, Agentlik qayta tashkil etilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasining huquqiy vorisi hisoblanadi.

2. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sanoatda ishlarning bexatar olib borilishi boʻyicha qonunchilik hamda meʼyoriy-texnik hujjatlar talablariga, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral xomashyoni qayta ishlash va metallurgiya jihatidan saralash, shuningdek, kon ishlarining geologiya-marksheyder taʼminoti talablariga rioya qilinishi ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;

oʻta xavfli ishlab chiqarish bilan bogʻliq korxonalarning (mulkchiligining tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar) texnika xavfsizligi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash;

Oʻzbekiston Respublikasining kon-qutqaruv xizmatlariga tezkor va uslubiy rahbarlik qilish.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2000-yil 7-fevral,

PF-2535-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.