PQ-1670-son Qaror · 28.12.2011

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1670
  • Qabul qilingan sana:28.12.2011
  • Kuchga kirgan sana:28.12.2011
  • Holati:Amalda

1. Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumatlari oʻrtasida 2010-yil 11-iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan Jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish toʻgʻrisida Bitim tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani va mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organlar tayinlangani toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnomani yoʻllasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi V.X. Tashmatov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2011-yil 28-dekabr,

PQ-1670-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.