PF-599-son Farmon · 26.04.1993

Gʻalaba kuni bayram qilinishi munosabati bilan Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-599
  • Qabul qilingan sana:26.04.1993
  • Kuchga kirgan sana:26.04.1993
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 4

Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilarining Oʻzbekiston Respublikasi davlat manfaatlarini himoya qilishdagi, uning iqtisodiyoti, madaniyatini rivojlantirishdagi, mustaqillikni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalashdagi katta xizmatlari uchun shuningdek 9-may — Falaba kuni bayram qilinishi munosabati bilan:

1. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari va nogiron baynalminal jangchilar, shuningdek halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oilalari 10 ming soʻm miqdorda pul bilan mukofotlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasining Pensiya jamgʻarmasi bilan birgalikda bir hafta muddat ichida mazkur Farmonda koʻzda tutilgan xarajatlarni pul bilan taʼminlash tartibi va manbalarini aniqlasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasining Pensiya jamgʻarmasi, Ijtimoiy taʼminot vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik xizmati yuqorida koʻrsatilgan ragʻbatlantirish mukofotining oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlasinlar.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1993-yil 26-aprel,

PF-599-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.