PQ-2046-son Qaror · 08.10.2013

Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2046
  • Qabul qilingan sana:08.10.2013
  • Kuchga kirgan sana:09.10.2013
  • Rasmiy nashr:«Халк сузи» 198 (5872)

Muborak Qurbon hayitining xalqimiz maʼnaviy hayotidagi oʻrni va ahamiyatini eʼtiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni saqlash va ulugʻlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram — Qurbon hayitini dam olish kuni deb eʼlon qilish haqida”gi 1991-yil 20-iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 15-oktabr seshanba kuniga toʻgʻri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2013-yil 15-oktabr dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.

2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari va boshqa barcha mutasaddi idora, jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2013-yil 8-oktabr,

PQ-2046-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.