PF-107-son Farmon · 08.12.1990

Oʻzbekiston SSJ dehqonchilik-sanoat kompleksi boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-107
  • Qabul qilingan sana:08.12.1990
  • Kuchga kirgan sana:08.12.1990
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 1-2

Dehqonchilik-sanoat kompleksida davlat va xoʻjalik boshqaruvi vazifalarini farqlab qoʻyishga oid aniq tadbirlarni amalga oshirish, jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining iqtisodiy mustaqilligini rivojlantirish, bozor munosabatlarini joriy etish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida qaror qilaman:

1. Oʻzbekiston SSJ Qishloq xoʻjaligi davlat-kooperativ qoʻmitasi kengashi va hayʼatining Oʻzbekiston SSJ Qishloq xoʻjaligi davlat-kooperativ qoʻmitasini Oʻzbekiston SSJ Qishloq xoʻjaligi jumhuriyat vazirligiga aylantirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.

2. Vazirlar Mahkamasi Raisining Birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I.H. Joʻrabekovga yangi boʻlinmalarni tashkil etish va ilgari Oʻzbekiston SSJ Qishloq xoʻjaligi davlat-kooperativ qoʻmitasiga kirgan boshqa tarmoq boʻlinmalarini oʻzgartirish toʻgʻrisida taklif kiritish vazifasi topshirilsin.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1990-yil 8-dekabr,

PF-107-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.