Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yoʻlovchi tashish transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 9-oktabrdagi PQ–2048-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PF–3713-sonli Farmonining 2 — 4-bandlari, shuningdek uning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 11-oktabr,
PF-4573-son