PF-3454-son Farmon · 09.07.2004

Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligini Oʻzbekiston Respublikasi sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3454
  • Qabul qilingan sana:09.07.2004
  • Kuchga kirgan sana:09.07.2004
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 28

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq va Sanoatda, gaz taʼminoti hamda kon nazorati sohasida boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish va ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish samaradorligini taʼminlash maqsadida:

1. Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi)ga aylantirilsin,

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi PF-4256-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 510-modda)

3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qayta tashkil etilayotgan Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligining huquqiy vorisi hisoblanadi.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat qoʻmitasini Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga aylantirish toʻgʻrisida” 2000-yil 7-fevraldagi PF–2535-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha qaror qabul qilsin.

6. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2004-yil 9-iyul,

PF-3454-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.