PQ-2060-son Qaror · 31.10.2013

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2060
  • Qabul qilingan sana:31.10.2013
  • Kuchga kirgan sana:11.11.2013
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 45

Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida” va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq:

1. Quyidagilarga:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar:

(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan chiqariladi — OʻR QHT, 2017-y., 5-son, 60-modda)

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2013-yil 31-oktabr,

PQ-2060-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 31-oktabrdagi PQ-2060-son qaroriga1-ILOVA

Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga kiritiladigan oʻzgartishlar

1. 31-bandning ikkinchi xatboshi va 34-bandning sakkizinchi xatboshidagi “maʼlumotnoma” soʻzi “xulosa” soʻzi bilan almashtirilsin.

2. 32-banddagi “maʼlumotnomasi” soʻzi “xulosasi” soʻzi bilan almashtirilsin.

3. 54-bandning uchinchi xatboshidagi “maʼlumotnomasi” va “Maʼlumotnoma” soʻzlari tegishli ravishda “xulosasi” va “Xulosa” soʻzlari bilan almashtirilsin.

4. 1-ilovaning (Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish Sxemasi) toʻqqizinchi bosqichi “Mexanizm” ustuni, oʻninchi bosqichi “Muddatlar” ustuni va oʻn birinchi bosqichi “Mexanizm” ustunining toʻqqizinchi xatboshidagi “maʼlumotnoma” soʻzlari “xulosa” soʻzi bilan almashtirilsin.

5. 3-ilovaning (Tadbirkorlik subyektlari — jismoniy shaxslar faoliyatini ixtiyoriy toʻxtatish Sxemasi) birinchi bosqichi “Mexanizm” va “Muddatlar” ustunlarida, ikkinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi birinchi xatboshida hamda uchinchi bosqichning “Mexanizm” ustunidagi “maʼlumotnoma” soʻzlari “xulosa” soʻzi bilan almashtirilsin.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-yanvardagi PF-4940-sonli Farmoniga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 5-son, 60-modda)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.