PF-4263-son Farmon · 06.01.2011

Umumiy yurisdiksiya sudlarining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4263
  • Qabul qilingan sana:06.01.2011
  • Kuchga kirgan sana:06.01.2011

Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 78-moddasiga asosan hamda ayrim maʼmuriy-hududiy birliklar birlashganligi va nomi oʻzgarganligi munosabati bilan:

1. Quyidagi sudlar tugatilsin:

jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyati Asaka shahar sudi;

jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyati Bandixon tuman sudi;

jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Ohangaron shahar sudi;

jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahar sudi.

2. Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyati Asaka shahar sudining raisi va sudyasi jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyati Asaka tuman sudining sudyalari;

jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyati Bandixon tuman sudining raisi jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman sudining sudyasi;

jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Ohangaron shahar sudining raisi jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Ohangaron tuman sudining sudyasi;

jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahar sudining raisi va sudyasi jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Yangiyoʻl tuman sudining sudyalari deb hisoblansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy sudi, Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti tegishli sudlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvaliga zarur oʻzgartirishlar kiritsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli “Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

5. Mazkur Farmonning ijrosi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi M. Toxiriy zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2011-yil 6-yanvar,

PF-4263-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 6-yanvardagi PF-4263-sonli Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi PF-3400-sonli “Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. 4-ilovada:

a) “Andijon viloyati” boʻlimidan “Asaka shahar” soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) “Surxondaryo viloyati” boʻlimidan “Bandixon” soʻzi chiqarib tashlansin;

v) “Toshkent viloyati” boʻlimidan “Yangiyoʻl shahar” va “Ohangaron shahar” soʻzlari chiqarib tashlansin;

g) “Toshkent shahri” boʻlimidagi “Sobir Rahimov” soʻzlari “Olmazor” soʻziga almashtirilsin.

2. 7-ilovada:

a) “Andijon viloyati” boʻlimidan “Asaka shahar” soʻzlari chiqarib tashlansin;

b) “Surxondaryo viloyati” boʻlimidan “Bandixon” soʻzlari chiqarib tashlansin;

v) “Toshkent viloyati” boʻlimidan “Ohangaron shahar” va “Yangiyoʻl shahar” soʻzlari chiqarib tashlansin;

g) “Toshkent shahri” boʻlimidagi “Sobir Rahimov” soʻzlari “Olmazor” soʻzlariga almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.