PQ-1414-son Qaror · 08.10.2010

Oʻzbekiston Respublikasining Islom taraqqiyot bankining obuna kapitalidagi qoʻshimcha aksiyalarga obuna boʻlishi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1414
  • Qabul qilingan sana:08.10.2010
  • Kuchga kirgan sana:08.10.2010
  • Holati:Amalda

Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, bankning ustav kapitalidagi Oʻzbekiston Respublikasining ulushini oshirish munosabati bilan saqlab qolish maqsadida:

1. Islom Taraqqiyot Banki (ITB) Boshqaruvchilar Kengashi tomonidan ITBning obuna kapitalini 8,1 mlrd. Islom dinoridan 16,0 mlrd. Islom dinoriga oshirish va ITBga aʼzo mamlakatlarning ITB obuna kapitalidagi ulushini saqlab qolish maqsadida qoʻshimcha aksiyalarga obuna boʻlishini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Islom Taraqqiyot Bankining (ITB) qoʻshimcha 230 ta aksiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin, shu jumladan:

Har bir aksiyaning nominal qiymati 10 000,00 Islom dinori boʻlgan ITB kapitalining ikkinchi umumiy oʻsishidan 15 ta aksiya;

Har bir aksiyaning nominal qiymati 10 000,00 Islom dinori boʻlgan ITB kapitalining toʻrtinchi umumiy oʻsishidan 215 ta aksiya.

3. Islom taraqqiyot bankining (ITB) imzolangan kapitaliga ITB kapitalining ikkinchi umumiy oʻsishidan 15 ta aksiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Belgilansinki, Islom Taraqqiyot Bankining (ITB) imzolangan kapitaliga ITB kapitalining toʻrtinchi umumiy oʻsishidan 215 ta ITB aksiyalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash ITBdan tegishli soʻrovlar kelib tushgan holda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetidan Islom Taraqqiyot Bankining (ITB) qoʻshimcha sotib olinadigan Aksiyalar boʻyicha obuna kapitaliga badallar toʻlanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.

6. Mazkur Nizomning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2010-yil 8-oktabr,

PQ-1414-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 8-oktabrdagi PQ-1414-son qarorigaILOVA

ITB imzolangan kapitaliga itb kapitalining ikkinchi umumiy oʻsishidan 15 ta aksiya boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi badallarini toʻlash

Toʻlov muddatiToʻlanishi kerak boʻlgan miqdor (islom dinorlarida)*2011-yil 28-avgust50 000,002012-yil 28-avgust50 000,002013-yil 28-avgust50 000,00Jami:150 000,00

Izoh:

* Toʻlovlar toʻlov kuni kursi boʻyicha AQSH dollarida amalga oshiriladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.