F-3691-son Farmoyish · 04.08.2011

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari boʻyicha komissiya tarkibiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmoyish
  • Raqami:F-3691
  • Qabul qilingan sana:04.08.2011
  • Kuchga kirgan sana:04.08.2011
  • Holati:Amalda

“Oʻzbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 4-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi afv etish masalalari boʻyicha komissiya tarkibiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

Kanyazov Esemurat Sultamuratovich — Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya aʼzosi;

Rustambekov Nozimbek Mansurbekovich — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha xizmatining fuqarolik va afv etish masalalari boʻyicha shuʼbasi yetakchi inspektori, mazkur komissiyaning masʼul kotibi etib tayinlansinlar.

Komissiya raisining oʻrinbosari K. Togayev, komissiya aʼzosi A.A. Ahmedov, masʼul kotibi I.A. Nurmatov boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan komissiya tarkibidan chiqarilsinlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2011-yil 4-avgust,

F-3691-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.