PQ-1347-son Qaror · 04.06.2010

“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining gaz-transport tizimi boʻyicha boshqaruv tizimi va texnologik aloqa bilan taʼminlash” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1347
  • Qabul qilingan sana:04.06.2010
  • Kuchga kirgan sana:04.06.2010
  • Holati:Amalda

Gaz uzatish tizimida texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishning zamonaviy tizimini (SCADA) joriy etish va gazni tashishda yoʻqotishlarni kamaytirish maqsadida:

1. “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining gaz uzatish tizimi boʻyicha boshqaruv tizimi va texnologik aloqani taʼminlash” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:

loyihani amalga oshirishning umumiy muddati 18 oy boʻlgan holda uni bosqichma-bosqich amalga oshirishni nazarda tutuvchi loyihaning DTIAsi belgilangan tartibda tasdiqlandi;

“Oʻztransgaz” AK va “Alcatel-Lucent Shanghai Bell So” kompaniyasi oʻrtasida (XXR) bilan gaz uzatish tizimi obyektlarini loyihalashtirish, oʻqitish, asbob-uskunalarni yetkazib berish, qurilish-montaj ishlarini bajarish, ishga tushirish-sozlash va foydalanishga tayyor holda topshirish boʻyicha umumiy qiymati 77,47 mln AQSH dollari boʻlgan shartnoma imzolandi;

“Oʻzsanoatqurilishbank” OATB va XXR Eksimbanki oʻrtasida mazkur loyihani moliyalashtirish uchun XXR Hukumatining imtiyozli kreditini jalb etish boʻyicha Yakka tartibdagi qarz bitimini imzolash toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

2. Belgilansinki, umumiy hisob-kitob qiymati 81,0 mln AQSH dollariga teng boʻlgan “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining gaz uzatish tizimi boʻyicha boshqaruv tizimi va texnologik aloqani taʼminlash” investitsiya loyihasini moliyalashtirish:

“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining 7,4 mln AQSH dollariga teng miqdordagi oʻz mablagʻlari;

XXR Eksimbankining 20 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davr bilan beriladigan 73,6 mln AQSH dollari miqdoridagi qarz mablagʻlari, “Oʻzsanoatqurilishbank” OATB orqali qayta moliyalashtiriladigan, foiz stavkasi yiliga 2,5 foiz, shu jumladan qayta moliyalashtiruvchi bankning 0,5 foiz miqdoridagi marjasi.

3. Belgilab qoʻyilsinki:

“Oʻztransgaz” AK qarz oluvchi hamda XXR Eksimbankining qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda Loyihani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;

kreditlarni qaytarish hamda ular boʻyicha foizlar va vositachilik haqini toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining oʻz valyuta mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi;

“Gʻallaorol — Toshkent” gaz transporti tizimi uchastkasidagi birinchi ishga tushirish majmuasi belgilangan muddatlarda muvaffaqiyatli foydalanishga topshirilgan taqdirda, loyihani kelgusida amalga oshirish 1-ilovaga muvofiq uning ijro bosqichlariga asosan davom ettiriladi.

4. “Oʻzsanoatqurilishbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki orqali qayta moliyalashtiriladigan XXR Eksimbanki krediti boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

“Oʻzsanoatqurilishbank” ochiq aksiyadorlik tijorat banki belgilangan tartibda XXR Eksimbanki bilan Yakka tartibdagi qarz bitimini va XXR Eksimbankining qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish boʻyicha “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kredit shartnomasini tuzsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri XXR Eksimbankiga “Oʻzsanoatqurilishbank” OATBning toʻlov majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolatini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qarz bitimida nazarda tutilgan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi kafolati yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bilan “Alcatel-Lucent Shanghai Bell So” kompaniyasi oʻrtasida imzolangan kontraktni belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin va xulosalar bersin. (XXR).

7. “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi ikki oy muddatda “Gaz uzatish tizimi boʻyicha boshqaruv tizimi va texnologik aloqani taʼminlash” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi “Gaz uzatish tizimi boʻyicha boshqaruv tizimi va texnologik aloqani taʼminlash” loyihasi boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini hamda bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazorati amalga oshirilishini taʼminlasin.

9. Koʻrsatib oʻtilgan loyiha doirasida XXR Eksimbanki mablagʻlari hisobiga xarid qilinadigan va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan asbob-uskunalar va materiallar loyihani amalga oshirish davrida 2012-yilning 1-yanvarigacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari, shu jumladan koʻp martalik kirish vizalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ularning vaqtincha yashash joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin, ularni davlat bojlari toʻlashdan ozod qilsin.

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2010-yil 4-iyun,

PQ-1347-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 4-iyundagi PQ-1347-son qaroriga1-ILOVA

“Gaz uzatish tizimi boʻyicha boshqaruv tizimi va texnologik aloqani taʼminlash” investitsiya loyihasini amalga oshirish bosqichlari

T/rKoʻrsatkichlar nomiBirl. oʻlch.Ishga tushirish komplekslariJamiIIIIIIIV1.Boshqarish va nazorat qilish tizimiga ulanadigan gaz uzatish tizimi uchastkalarikmGʻallaorol — ToshkentKogon — Gʻallaorol, Muborak — ZirabuloqShoʻrtan — ToshkentMuborak — Shoʻrtan2.Optik tolali aloqa liniyasining umumiy uzunligikm760,5717,9739,1273,082 490,58shundan:magistral gaz quvuri boʻylab VOLC uzunligikm458,95560,94609,0100,01 728,89GTSga ajratilgan tarmoqlar uzunligikm232,32119,6886,6165,08603,68SKZda tarmoqlar uzunligikm69,2337,2843,58,0158,013.Boshqarish va nazorat qilish tizimiga ulanadigan kompressor stansiyalari sonidona23--54.Boshqarish va nazorat qilish tizimiga ulanadigan kran uzellari sonidona29295381195.Boshqaruv va nazorat tizimiga ulanadigan gaz taqsimlash stansiyalari sonidona362849776.Nazorat tizimiga ulanadigan katodli himoya stansiyalari sonidona337831161587.Guvohnomaning amal qilish muddatioy754218

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 4-iyundagi PQ-1347-son qaroriga2-ILOVA

“Oʻzsanoatqurilishbank” OATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan xxr eksimbankining qarz mablagʻlari boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning

1.Kredit summasi73,600 mln AQSH dollari2.Kredit uchun foiz stavkasi,2,5% yillikshu jumladan qayta moliyalashtiruvchi bankning marjasi0,5% yillik3.Kredit berish muddati20 yilshu jumladan imtiyozli davr5 yil4.Majburiyat uchun komissiya0,3% yillik5.Kredit ajratish komissiyasi0,3% bir martalikmln AQSH dollariYilYarim yillikMablagʻlar tanloviToʻlov summasiBank marjasiTashkilot komissiyasiMajburiyat uchun komissiyaToʻlanishi lozim boʻlgan umumiy summaAsosiy qarzfoizlar2010I18,400,2210,221II18,400,2340,0580,0770,3692011I18,400,4190,1050,0490,573II18,400,6080,1520,0210,7812012I0,7480,1870,935II0,7480,1870,9352013I0,7440,1860,930II0,7480,1870,9352014I0,7440,1860,930II0,7480,1870,9352015I2,4530,7440,1863,384II2,4530,7230,1813,3572016I2,4530,6980,1753,326II2,4530,6730,1683,2952017I2,4530,6450,1613,259II2,4530,6240,1563,2332018I2,4530,5950,1493,197II2,4530,5740,1433,1702019I2,4530,5460,1363,135II2,4530,5240,1313,1082020I2,4530,4990,1253,077II2,4530,4740,1183,0462021I2,4530,4470,1123,011II2,4530,4240,1062,9832022I2,4530,3970,0992,949II2,4530,3740,0942,9212023I2,4530,3470,0872,887II2,4530,3240,0812,8592024I2,4530,2990,0752,827II2,4530,2740,0692,7962025I2,4530,2480,0622,763II2,4530,2240,0562,7342026I2,4530,1980,0502,701II2,4530,1750,0442,6722027I2,4530,1490,0372,639II2,4530,1250,0312,6092028I2,4530,1000,0252,578II2,4530,0750,0192,5472029I2,4530,0500,0122,515II2,4530,0250,0062,484Jami73,6073,60017,3164,3290,2210,14795,612

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.