1. Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturining amalga oshirilishi ustidan nazoratni tashkil etish boʻyicha Respublika komissiyasining yangilangan tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
2. Belgilab qoʻyilsinki, Respublika komissiyasining aʼzolari boshqa ishga oʻtishganida xuddi shu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar uning tarkibiga kiritiladilar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-son Farmoniga 11-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 3-aprel,
PF-2571-son