PQ-2164-son Qaror · 15.04.2014

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2164
  • Qabul qilingan sana:15.04.2014
  • Kuchga kirgan sana:16.04.2014
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 16

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoniga muvofiq hamda litsenziyalashni va ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlarni berish mexanizmlarini yanada soddalashtirish va arzonlashtirish, shuningdek tadbirkorlikka koʻproq erkinlik berish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning:

2014-yil 1-iyundan boshlab, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyatning va ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlarning alohida turlarini 1- va 1-a ilovalarga muvofiq bekor qilish;

faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini va ruxsat etish xarakteriga ega tartibotlarni rasmiylashtirishning muddatlari va yigʻimlari miqdorlarini 2- va 3-ilovalarga muvofiq qisqartirish;

ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlarni va litsenziyalarni olish tartibotlarini yanada qisqartirish va soddalashtirish toʻgʻrisidagi takliflari 4-ilovaga muvofiq qabul qilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi litsenziya va ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlarni berish boʻyicha vakolatli organlar, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda:

2015-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashda “bir darcha” tamoyilini qonun hujjatlari darajasida joriy etishni 5-ilovaga muvofiq taʼminlasin;

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan litsenziya kelishuvlari shartlarini bajarish boʻyicha davriy hisobotlarni elektron shaklda taqdim etib borish uchun dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etishni 2014-yilning oxirigacha tamomlasin.

3. Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali tadbirkorlik subyektlari uchun ustuvor interaktiv xizmatlarni joriy etish boʻyicha loyihalar roʻyxati 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi quyidagilarni taʼminlasin:

(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda)

faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini va ruxsat etish tartibotlarini rasmiylashtirishni elektron shaklga oʻtkazish, shuningdek davlat organlarining tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro elektron hamkorligini joriy etish samaradorligini baholash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan ishlarni muvofiqlashtirish va tizimli monitoring qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2014-yilning oxirigacha Kommunal xoʻjalik va uy-joy fondi portalini elektron toʻlov tizimlari va kommunal xizmatlarning billing tizimlari bilan birlashtirish yoʻli orqali mazkur portalni takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunda tadbirkorlik subyektlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, real vaqt rejimida oʻzaro hisob-kitoblar holati toʻgʻrisida xabar berish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish imkoniyatlarini nazarda tutish;

manfaatdor vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tadbirkorlik subyektlariga 2013 — 2020-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirishning kompleks dasturi doirasida ishlab chiqilayotgan axborot tizimlaridan bepul foydalanish imkoniyatini yaratish.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining, boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda 2014-yil 1-oktabrdan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradigan maxsus “tadbirkorlik subyektining kabineti” ishlashini taʼminlasin:

(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda)

moliya, soliq, statistika va boshqa turdagi hisobotlarni interaktiv rasmiylashtirish va taqdim etish;

soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni, kommunal toʻlovlarni, litsenziya va ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlar boʻyicha koʻrib chiqishda va ularni olishda toʻlanadigan yigʻimlarni va davlat bojlarini Internet-banking tizimi orqali toʻlash;

maʼlumotnomalar olish va boshqa interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish.

5. 2014-yil 1-iyundan boshlab, tadbirkorlik subyektlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha elektron shaklda quyidagi jarayonlarni amalga oshirish huquqini beradigan tartib oʻrnatilsin:

tadbirkorlik subyektlarining ularni Mahalliylashtirish dasturiga kiritishga doir talabnomalarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga taqdim etish;

(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)

milliy valyutada bir yilgacha boʻlgan muddatga kredit olishga doir hujjatlarni xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklariga taqdim etish.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbarlari:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatiga noqonuniy aralashish, shuningdek davlat xizmatlarini koʻrsatishda ortiqcha qogʻozbozlikka yoʻl qoʻyish holatlari uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutgan holda qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni ikki oy muddatda belgilangan tartibda kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mamlakatimizda yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish boʻyicha qabul qilinayotgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni keng yoritish yuzasidan har bir hududda tadbirlar oʻtkazsin.

(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 2-son, 25-modda, 13-son, 202-modda)

7. Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlar va litsenziyalarni berish tartibotlarini belgilaydigan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga 2014-yil 1-iyungacha tegishli oʻzgartishlar kiritsin.

8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2014-yil 15-aprel,

PQ-2164-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qaroriga 1-ILOVA

2014-yil 1-iyundan boshlab tadbirkorlik faoliyati sohasida bekor qilinadigan ruxsat berish tartibotlari

T/r Bekor qilinayotgan ruxsat berish tartibotlari nomi Ruxsat berish tartibotini oʻrnatishga doir normativ-huquqiy hujjat 1. Yer uchastkasi tanlashni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-oktabrdagi 277-son qarori 2. Foydali qazilmalar (keng tarqalganlaridan tashqari) joylashgan maydonlarda imorat qurishga ruxsat berish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qarori 3. Foydali qazilmalar qazib chiqarish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari ustidagi maydonlarda imorat qurishga ruxsat berish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 13-yanvardagi 20-son qarori 4. Dasturiy-apparat majmuining texnik topshirigʻida belgilangan dasturiy apparat majmuining funksional imkoniyatlariga va talablariga mos kelishi yuzasidan texnik xulosa berish Toʻlov agentlik tarmogʻi orqali jismoniy shaxslarning toʻlovlarini qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2010-yil 21-aprelda 2099-son raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) 5. Tabiiy monopoliya subyektiga qiymati oʻz kapitalining oʻn foizidan ortadigan asosiy vositalarga nisbatan mulk yoki egalik huquqi yoki foydalanish huquqini qoʻlga kiritish, berish boʻyicha bitimlar tuzishga ruxsat berish Oʻzbekiston Respublikasining “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Qonuni 6. Isteʼmolda boʻlgan mashinalar, uskunalar va mexanizmlar (Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodlari — TIF TN — 84 — 89 guruhlari boʻyicha) eksporti imkoniyatlari toʻgʻrisida xulosa berish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-martdagi PQ–26-son qarori 7 Sanoat uchun ahamiyatini yoʻqotgan yoki keyinchalik oʻtkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish toʻgʻrisidagi taklifni kelishish Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 9-noyabrdagi 232-son qarori 8. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻli bilan tutashgan yoki kesishgan avtomobil yoʻlini qurishga ruxsat berish Oʻzbekiston Respublikasining “Avtomobil yoʻllar toʻgʻrisida”gi Qonuni 9. Soʻyish korxonasi (punkti, maydoni)ning sanitariya talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida sanitariya xulosasi Maxsus soʻyish korxonalarida va maydonchalarida chorva mollari soʻyish, chorva mollarni soʻyish bilan shugʻullanuvchi shaxslarga ruxsat guvohnomalari berish va roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2006-yil 10-avgustda 1611-son raqami bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan) 10. Havo kemasi turining sertifikati Oʻzbekiston Respublikasining Havo Kodeksi 11. Havo kemalarini va uchuvchi oʻzga apparatlarning sertifikatlangan turlarini ishlab chiqarish uchun shahodatnoma Oʻzbekiston Respublikasining Havo Kodeksi 12. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarining yaroqsizlarini, chiqindilarni va idishlarni koʻmib tashlashga ruxsat berish Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlardan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 13. Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini Hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish imkoniyati toʻgʻrisida xulosa berish Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 353-son qarori 14. Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini Hisobga olish va foydalanishning yagona reyestriga kiritish toʻgʻrisida guvohnoma berish Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 31-dekabrdagi 353-son qarori 15. Portlovchi moddalarni tashish yoʻnalishini kelishish Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-maydagi 213-son qarori 16. Kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalarni sotib olish, saqlash va tashishga ruxsat berish Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 25-oktabrdagi 270-son qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qaroriga 1a-ILOVA

2014-yil 1-iyundan boshlab birlashtirish yoʻli bilan bekor qilinadigan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etuvchi hujjatlar turlari

T/r Bekor qilinayotgan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat berish tartibotlari turlarining nomi T/r Birlashtirilgan faoliyat turi va ruxsat berish tartiboti nomi Litsenziya va ruxsat etuvchi hujjatlar beruvchi vakolatli organ I. Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari 1. Oʻzbekiston Respublikasi va uning tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish 1. Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasi 2. Toʻylar, yubileylar va boshqa tantanalarda konsert xizmati koʻrsatish II. Ruxsat etuvchi hujjatlar 3. Umumiy temir yoʻl tarmogʻiga temir yoʻl yoʻlaklarini tutashtirishga ruxsat berish 1. Temir yoʻl yoʻlaklarini, shuningdek, vagonlar hamda konteynerlarni yuklash, tushirish va tozalashga moʻljallangan qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish loyihasini kelishish “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK 4. Temir yoʻlga tegishli boʻlgan, mavjud temir yoʻl yoʻlaklariga qoʻshimcha temir yoʻl yoʻlaklarini qurish loyihasini kelishish 5. Mavjud temir yoʻl yoʻlaklariga yangidan qurilayotgan temir yoʻl yoʻlaklarini tutashtirishga ruxsat berish 6. Suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bogʻliq yangi korxonalar qurish va faoliyat yuritayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihasini kelishish 2. Suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bogʻliq yangi korxonalar qurish va ishlayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihasini kelishish Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi 7. Suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bogʻliq yangi korxonalar qurish va ishlab turgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihalari boʻyicha yer usti suv resurslari mavjudligi toʻgʻrisida xulosa berish 8. Markaziy bank talablariga muvofiq moʻljallanayotgan bino, asbob-uskunalar, kassa uzelining tayyorligi va dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi toʻgʻrisida xulosa berish 3. Bino, asbob-uskunalar, kassa uzelining Markaziy bank talablariga muvofiqligi va dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi toʻgʻrisida xulosa berish Markaziy bank 9. Markaziy bank talablariga muvofiq yangi bino, asbob-uskunalar, kassa uzelining tayyorligi va bank filialining dasturiy-texnik vositalar bilan jihozlanganligi toʻgʻrisida xulosa berish 10. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlari, mevalari, urugʻlari va botanika kolleksiyalarini umumiy foydalanish uchun belgilangan meʼyordan oshib ketuvchi miqdorda olib kirish va olib chiqishga ruxsat berish 4. Yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsat berish Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 11. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi oʻsimliklarni, ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsat berish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qaroriga 2-ILOVA

Rasmiylashtirish muddatlari qisqartirilayotgan faoliyatning litsenziyalanadigan turlari va ruxsat etish xarakteriga ega tartibotlar

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qaroriga 3-ILOVA

Rasmiylashtirishdagi yigʻimlar kamaytiriladigan litsenziyalanadigan faoliyat turlari

* EKIH — eng kam oylik ish haqi.

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2025-y., 06/25/65/0331-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qaroriga 4-ILOVA

Ruxsat etish xarakteriga ega hujjatlarni va litsenziyalarni olish tartibotlarini qisqartirish va soddalashtirish boʻyicha

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qaroriga 5-ILOVA

“Bir darcha” tamoyili boʻyicha rasmiylashtirish joriy etilayotgan faoliyatning litsenziyalanadigan turlari

T/r Litsenziya nomi Litsenziyalovchi organ 1. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, sotish (chiqarish), tarqatish, tashish, ishlab chiqish va yetishtirish, tayyorlash, yoʻq qilish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni ilmiy va oʻquv maqsadlarda, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyot va veterinariyada foydalanish hamda narkotik mavjud boʻlgan oʻsimliklarni yetishtirish Sogʻliqni saqlash vazirligi 2. Tibbiy faoliyat Sogʻliqni saqlash vazirligi 3. Farmatsevtika faoliyati Sogʻliqni saqlash vazirligi 4. Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish Vazirlar Mahkamasi 5. Qimmatbaho qogʻozlar blanklarini ishlab chiqarish Markaziy bank 6. Telekommunikatsiya tarmoqlarini loyihalash Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 7. Telekommunikatsiya tarmoqlarini qurish 8. Telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanish 9. Telekommunikatsiya tarmoqlari xizmatlarini koʻrsatish 10. Veterinariya faoliyati Davlat veterinariya qoʻmitasi 11. Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalash, qurish, ishga tushirish va taʼmirlash Vazirlar Mahkamasi 12. Neft, gaz va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash va sotish Vazirlar Mahkamasi 13. Neft mahsulotlarini sotish (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yoqilgʻi, aviakerosin, mazut, pechka yoqilgʻisi, neftbitum hamda texnik moylar va moylash materiallari) zavodda qadoqlangan mahsulotlar bundan mustasno Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 14. Bojxona omborini taʼsis etish Davlat bojxona qoʻmitasi 15. Boj olinmaydigan savdo doʻkonini taʼsis etish Davlat bojxona qoʻmitasi 16. Bojxona rejimida erkin ombor — omborini taʼsis etish Davlat bojxona qoʻmitasi 17. Audiovizual asarlarni, fonogramma va EHM dasturlarini tayyorlash, sotish, ijaraga berish Vazirlar Mahkamasi 18. Fonogrammalar tayyorlash 19. Audiovizual asarlar tayyorlash, koʻpaytirish va ekranda namoyish qilish Vazirlar Mahkamasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 15-apreldagi PQ-2164-son qaroriga 6-ILOVA

Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali tadbirkorlik subyektlari uchun ustuvor interaktiv xizmatlarni joriy etish boʻyicha loyihalar

T/r Xizmat nomi Amalga oshirish mexanizmi Muddati Masʼul organlar 1. Nazorat-kassa mashinalari va toʻlov terminallari bilan jihozlash uchun elektron buyurtma berish. Tegishli tijorat banklari tomonidan buyurtmalarni qabul qilish va koʻrib chiqishning markazlashgan monitoringi va nazoratini olib borish hamda koʻrsatilgan xizmatdan qanoatlanganlikni baholash imkoniyatini Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish 2014-yil III chorak Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Banklar assotsiatsiyasi, tijorat banklari 2. Belgilangan tartib-taomillar buzilganligi, mansabdor shaxslarning tadbirkorlik subyektlaridan ortiqcha hujjatlar talab qilish va ularga nisbatan noqonuniy harakatlar qilish, shu jumladan mehnat resurslari va homiylikka majburan jalb qilish ustidan elektron shikoyatlar berish. Shikoyatlarning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish 2014-yil II chorak Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Davlat raqobat qoʻmitasi,SSP, vazirlik va idoralar 3. Buyurtmachilarni mobil telefon raqami orqali identifikatsiya qilgan holda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish imkonini yaratish. Interaktiv xizmatni modernizatsiya qilish 2014-yil III chorak Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, SSP 4. Tadbirkorlik subyektlarini suv taʼminoti tarmogʻi, kanalizatsiya, elektr, gaz taʼminoti tarmoqlariga ulash boʻyicha elektron ariza berish. Arizalarning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish 2014-yil III chorak Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining hududiy foydalanish tashkilotlari 5. Tadbirkorlik subyektining uy-joy kommunal xizmatlarni koʻrsatishdagi muammolar boʻyicha elektron shikoyatlar berishi. Shikoyatlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish 2014-yil II chorak Davlat raqobat qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining hududiy foydalanish tashkilotlari 6. Tadbirkorlik subyektlarining ehtiyojlari uchun mahalliy avtotransport vositalarini xarid qilish uchun elektron ariza berish. Arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. Interaktiv xizmatni joriy etish 2014-yil III chorak “Oʻzavtosanoat” AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi 7. Tadbirkorlik subyektlarining qayta tashkil etilishi, tugatilishi va boshqa jiddiy tashkiliy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish imkoniyatini yaratish. Interaktiv xizmatni joriy etish 2014-yil III chorak Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi 8. Elektron boʻlmagan koʻrinishda koʻrsatilayotgan davlat, tarmoq va bank xizmatlari sifatini baholash imkoniyatini yaratish. Interaktiv xizmatni joriy etish 2014-yil III chorak Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, SSP 9. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun arizalarni rasmiylashtirish. Arizalarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish 2014-yil II chorak “Davergeodezkadastr” qoʻmitasi, Davarxitektqurilish, Davlat soliq qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari 10. Yer uchastkalarini tanlash boʻyicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish, shuningdek, ruxsat etuvchi hujjatlarning berilishini rasmiylashtirish uchun elektron arizalar berish. Yer uchastkalarini tanlash boʻyicha materiallarni vakolatli tashkilotlar bilan kelishish, shuningdek, qurilish sohasida ruxsatnomalar berish tartibotlarini amalga oshirishda axborot tizimini joriy etish. Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish 2014-yil IV chorak Davarxitektqurilish, Davergeodezkadastr qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, IIV, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari 11. Respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan keltiriladigan mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish Milliy tizimida sertifikatlashdan oʻtkazishga elektron ariza berish. Arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish 2015-yil IV chorak “Oʻzstandart” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, sertifikatlash organlari 12. Turli manbalarga hamda oʻzi yopishtiriladigan yozuv va yorliqlardagi shtrix kodlarning original-maketlarini tayyorlash uchun elektron ariza berish. Arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. Interaktiv xizmatni joriy etish 2014-yil III chorak “Oʻzstandart” agentligi, SSP, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi 13. Oʻlchov vositalarini davlat qiyoslovidan oʻtkazish uchun elektron ariza berish. Arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish 2014-yil II chorak “Oʻzstandart” agentligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi 14. Normativ hujjatlarni ekspertiza qilish va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga elektron ariza berish. Arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish 2014–2015 yy. “Oʻzstandart” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 15. Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchash vositalari davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazgan holda standart namunalarini attestatsiyadan oʻtkazish uchun elektron ariza berish. Arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish 2015-yil IV chorak “Oʻzstandart” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 16. Keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oʻlchovlarni bajarish metodikasi davlat reyestrida roʻyxatdan oʻtkazgan holda oʻlchovlarni bajarish metodikasini attestatsiyadan oʻtkazish uchun elektron ariza berish. Arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish ustidan markazlashgan monitoring va nazorat olib borish. Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish 2015-yil IV chorak “Oʻzstandart” agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 17. Mahsulot va xizmatlarni sertifikatsiyalash sohasida yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazishga elektron ariza berish. Interaktiv xizmatni joriy etish 2014-yil III chorak “Oʻzstandart” agentligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi 18. Sifatni boshqarish tizimini sertifikatsiyalash sohasida yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan oʻtkazishga elektron ariza berish. Interaktiv xizmatni joriy etish 2014-yil III chorak “Oʻzstandart” agentligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi 19. Tibbiy faoliyat olib borish uchun litsenziya olishga elektron ariza berish. Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish 2014-yil IV chorak Sogʻliqni saqlash vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi 20. Tovarlarni vaqtincha olib kirish (olib chiqish) uchun ruxsatnoma olishga elektron ariza berish. Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish 2014-yil IV chorak Davlat bojxona qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi 21. Tovarlarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza berish Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish 2014-yil IV chorak Davlat bojxona qoʻmitasi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi 22. Quvvati 10 kVt dan yuqori boʻlgan isteʼmol obyektlarining elektr taʼminoti loyihalarini kelishish uchun elektron ariza berish Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish 2015-yil IV chorak Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzdavenergonazorat” DI, “Oʻzbekenergo” DAK 23. Isteʼmolchilarning yangi yoki rekonstruksiya qilingan elektr uskunalarini ishga tushirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza berish Interaktiv xizmatni joriy etish va axborot tizimini yaratish 2015-yil IV chorak Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzdavenergonazorat” DI, “Oʻzbekenergo” DAK

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.