PF-4645-son Farmon · 22.08.2014

Termiz shahrini “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4645
  • Qabul qilingan sana:22.08.2014
  • Kuchga kirgan sana:22.08.2014
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 8

Mustaqillik yillarida shahar ahlining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy sohalarda erishgan muvaffaqiyatlari, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, millatlararo doʻstlik va hamjihatlik munosabatlarini rivojlantirishga qoʻshgan munosib hissasi, xalqimizning tarixiy va maʼnaviy merosini asrab-avaylash, yoshlarimizni ulugʻ ajdodlarimizga xos ezgu qadriyatlar, mardlik va jasorat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi katta xizmatlari uchun hamda Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 23 yilligi munosabati bilan Termiz shahri “Amir Temur” ordeni bilan mukofotlansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2014-yil 22-avgust,

PF-4645-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.