PQ-1923-son Qaror · 25.02.2013

Oʻzbekiston Respublikasi sportchilarining 2016-yil Rio-De-Janeyro (Braziliya) shahrida oʻtkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1923
  • Qabul qilingan sana:25.02.2013
  • Kuchga kirgan sana:25.02.2013

Oʻzbekiston sportchilarining 2016-yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya)da boʻlib oʻtadigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiada oʻyinlariga sifatli tayyorgarlik koʻrishi va muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston sportchilarini 2016-yil Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtadigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiada oʻyinlariga tayyorlash dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston sportchilarining 2016-yil Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtadigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishini tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha 2-ilovaga muvofiq tarkibda Respublika komissiyasi tuzilsin.

Respublika komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev):

ikki hafta muddatda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan dasturni sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;

dasturni amalga oshirish jarayonini tizimli nazorat qilish va ijro etuvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlasin.

3. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (M.Z. Usmanov):

bir oy muddatda respublikaning sport salohiyatini, mavjud olimpiya zaxiralari va murabbiylar tarkibini, olimpiya sport turlari boʻyicha federatsiyalar va assotsiatsiyalarning moddiy-texnik bazasini, shuningdek, Oʻzbekiston sportchilarining xalqaro musobaqalarda ishtirok etish tajribasini har tomonlama tahlil qilish asosida respublika terma jamoalari boʻlajak Olimpiya oʻyinlarida yuqori koʻrsatkichlarga erishishi mumkin boʻlgan ustuvor sport turlarini belgilasin;

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston sportchilarini xalqaro sport tadbirlarida, eng avvalo, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish doirasida sportning ustuvor turlari boʻyicha tayyorlash va ishtirok etishi boʻyicha yillik rejalarni tasdiqlasin hamda ularning natijalari ustidan tizimli monitoring oʻrnatsin;

Olimpiya oʻyinlarida yuksak natijalarga erishgan mamlakatlarning xalqaro tajribasidan keng foydalangan holda, sport seksiyasi va maktab darajasidan mamlakat terma jamoasiga qadar iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirishni taʼminlasin;

sport terma jamoalarini tayyorlash jarayoniga zamonaviy ilmiy-uslubiy texnologiyalarni joriy etish, sportchilarning asosiy tarkibi uchun yil davomida uzluksiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish, ularning xalqaro musobaqalarda muntazam ishtirok etishini taʼminlash va zarur hollarda, olimpiya terma jamoalarini tayyorlashda muvaffaqiyatli tajribaga ega boʻlgan malakali xorijiy mutaxassislarni murabbiy sifatida jalb qilishni tashkil etsin;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mamlakatimiz terma jamoalarining sportchilari, murabbiylari va boshqa mutaxassislari uchun yashash va sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish joylarida qulay ijtimoiy-maishiy va moddiy sharoitlarni yaratsin.

4. Belgilab qoʻyilsinki, olimpiya sport turlari boʻyicha mamlakat terma jamoalari bosh (katta) murabbiylarini tayinlash va ozod etish Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi huzurida Oʻzbekiston Olimpiyachilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini tashkil etish, uning mablagʻlaridan olimpiya sport turlari boʻyicha federatsiyalar va assotsiatsiyalarga biriktirilgan sport bazalari va markazlarini rekonstruksiya qilish va jihozlanish darajasini oshirish, oʻrnak koʻrsatgan va iqtidorli sportchilar hamda trenyerlarni moddiy ragʻbatlantirish hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, sportchilar, murabbiylar va hakamlar tarkibining kasbiy koʻnikmalarini oshirish, shuningdek, xorijiy sport klublari va federatsiyalar bilan xalqaro hamkorlik oʻrnatishni moliyalashtirishda maqsadli foydalanish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

Quyidagilar jamgʻarma daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:

Olimpiya sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari va assotsiatsiyalari homiylari, boshqa korxona va tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayriya mablagʻlari;

Oʻzbekiston milliy Olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari, tashkilot va klublar mablagʻlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining budjetdan tashqari mablagʻlari;

xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining grantlari va begʻaraz yordami hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan mablagʻlar.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Olimpiyachilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro direksiyasi tuzilmasini hamda jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

6. Belgilab qoʻyilsinki, olimpiya oʻyinlariga maqsadli tayyorgarlik doirasida Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi tomonidan xayriya mablagʻlari hisobidan sportchilar va murabbiylarga Respublika komissiyasi belgilagan miqdorlarda stipendiyalar koʻrinishida oylik toʻlovlar tayinlanadi.

Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq, sportchilarga va murabbiylarga toʻlanadigan stipendiyalarga yagona ijtimoiy toʻlov va sugʻurta badallari hisoblanmaydi.

7. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, shuningdek, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va yirik ishlab chiqarish korxonalarining ularni 3-ilovaga muvofiq olimpiya sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari va assotsiatsiyalarining homiylari sifatida biriktirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi har yili kelgusi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya dasturi va Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Dasturga kiritilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash (toʻliq jihozlash) boʻyicha kapital qoʻyilmalar limitlarini belgilangan tartibda nazarda tutsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Olimpiyachilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, olimpiya sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari va assotsiatsiyalari hamda jismoniy tarbiya-sport jamiyatlari 2013 — 2016-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan sport uskunalari, inventarlari va maxsus sport kiyimlari uchun bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno) toʻlashdan ozod qilinsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda olib kelinayotgan inventar va uskunalardan maqsadli foydalanish va ularning saqlanishi ustidan nazoratni, shuningdek, olimpiya sport turlariga biriktirilgan sport bazalari va markazlarning ishi samarali tashkil etilishini taʼminlasin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2013-yil 25-fevral,

PQ-1923-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-fevraldagi PQ-1923-son qaroriga1-ILOVA

Oʻzbekiston sportchilarini 2016-yil Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtadigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiada oʻyinlariga tayyorlash

Izoh. Moliyalashtirish tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-fevraldagi PQ-1923-son qaroriga2-ILOVA

Oʻzbekiston sportchilarining 2016-yil Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtadigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrishini tashkil etish va takomillashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi

Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-fevraldagi PQ-1923-son qaroriga3-ILOVA

Olimpiya sport turlari boʻyicha respublika federatsiyalari va assotsiatsiyalarining homiylari sifatida biriktirish tashabbusi bilan chiqqan vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, yirik ishlab chiqarish korxonalari va boshqa tashkilotlarning

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.