PF-2793-son Farmon · 26.12.2000

Jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tortish shkalasini takomillashtirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-2793
  • Qabul qilingan sana:26.12.2000
  • Kuchga kirgan sana:26.12.2000

“Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yilgi davlat budjeti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrdagi 157-II-son qaroriga muvofiq hamda mehnatni ragʻbatlantirishni yanada kuchaytirish, jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va bir xil qilish maqsadida:

1. 2001-yilning 1-yanvaridan boshlab jismoniy shaxslar daromad soligʻining eng kam stavkasi 15 foizdan 12 foizga va eng koʻp stavkasi 40 foizdan 36 foizgacha pasaytirilsin.

2. Belgilab qoʻyilsinki, 2001-yilning 1-yanvaridan boshlab jismoniy shaxslarning daromad soligʻi ilovaga muvofiq stavkalar boʻyicha ularning jami daromadidan undirib olinadi.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartishlar toʻgʻrisida takliflar kiritsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini mazkur Farmonga muvofiq holga keltirsin.

4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2000-yil 26-dekabr,

PF-2793-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 26-dekabrdagi PF-2793-son Farmoniga ILOVA

Jismoniy shaxslarning daromadlaridan olinadigan soliq

Jami daromad miqdori (Bitta eng kam ish xaqini chiqarib tashlamagan holda) ‎ Soliq summasi ‎ Eng kam ish haqining toʻrt karra miqdorigacha ‎ Daromad summasining 12 foizi‎ Eng kam ish haqining toʻrt karrasi (+1 soʻm)dan sakkiz karra miqdorigacha ‎ Toʻrt karrasidan soliq + eng kam ish xaqining toʻrt karra miqdoridan oshadigan summadan 25 foiz‎ Eng kam ish haqining sakkiz karrasi (+1 soʻm)dan va undan yuqori ‎ Sakkiz karrasidan + eng kam ish xaqining toʻrt karra miqdoridan oshadigan summadan 36 foiz‎

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.