Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish hamda aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-yanvar,
PQ-2737-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-yanvardagi PQ-2737-sonli qarorigaILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2013 — 2015-yillarda Toshkent viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantirish Dasturi toʻgʻrisida” 2013-yil 12-iyuldagi PP-2000-sonli qarori 6-ilovasidagi 9 va 16-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-sonli qarorida:
a) 1-ilovasida:
I boʻlimda:
“Oʻzkimyosanoat” DAK”, “Oʻzavtosanoat” AK”, “Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi”, “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” kichik boʻlimlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
13, 15, 16 va 23-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
II boʻlimdan 51 va 54-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovada:
I boʻlimdan 3, 4, 30 va 210-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
II boʻlimdagi “Oʻzagromashservis” uyushmasi” va “Boshqalar” kichik boʻlimlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
izohning oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
v) 4-ilovadagi 2 — 6, 19 — 21, 24 — 28, 69, 157, 166-167, 172-173, 179, 188, 232, 237-238, 267, 279, 301, 304 va 305-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-sonli qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qarorida (Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y. № 6, 56-modda):
a) 2-ilovadagi 14, 40, 46 va 48-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
b) 3-ilovada:
(4-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3773-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.06.2018-y., 07/18/3773/1314-son)
“Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK” boʻlimi quyidagi mazmundagi 52-1-pozitsiyasi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekneftgaz” MXK” boʻlimi quyidagi mazmundagi 215-1 —- 215-3-pozitsiyalari bilan toʻldirilsin:
“Hokimliklar” boʻlimi quyidagi mazmundagi 257-1 — 257-4-pozitsiyalari bilan toʻldirilsin:
“Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” boʻlimidan keyin quyidagi mazmundagi boʻlimlar bilan toʻldirilsin:
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb qilish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-sonli qarorining bajarilishi haqida” 2016-yil 5-avgustdagi 252-sonli qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y. № 32, 388-modda):
a) 2-bandida:
ikkinchi xatboshidagi “26 ta aksiyadorlik jamiyatiga” va “2016-yil 1-noyabrgacha” soʻzlari “aksiyadorlik jamiyatlariga” va “2017-yil 1-oktabrgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “61 ta aksiyadorlik jamiyatiga 2016-yil 31-dekabrgacha xorijiy investorlarni” soʻzlari “aksiyadorlik jamiyatlariga 2017-yil 31-dekabrgacha xorijiy investorlarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
b) 1-ilovasida:
nomidagi “2016-yil 1-noyabrgacha” soʻzlari “2017-yil 1-oktabrgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Uzavtosanoat” AK” kichik boʻlimi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 2-ilovasida:
nomidagi “2016” raqami “2017” raqami bilan almashtirilsin;
16, 20, 22, 27, 47, 49 — 52 va 59-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
g) 5-ilovasida:
“Xoʻjalik boshqaruvi organlari” boʻlimidan 28-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Kuyidagi mazmundagi 36 — 42-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin: