Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining samarali faoliyatini taʼminlash maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)
2. Xalq ijodiyoti va madaniy-maʼrifiy ishlar respublika ilmiy- metodik markazi va uning hududiy markazlari, Respublika metodika va axborot markazi tugatilsin, uning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida quyidagi davlat muassasalari tashkil etilsin:
Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining tuzilmasi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziriga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazining tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)
3. Toshkent shahar hokimligi tasarrufida boʻlgan “Istiqlol” va “Turkiston” Sanʼat saroylari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tasarrufiga topshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti yillik parametrlarida “Istiqlol” va “Turkiston” sanʼat saroylari uchun, ularning shaxsiy daromadlari bilan qoplanmaydigan qismida, sanʼat saroylari taʼminoti (moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarning ish haqini toʻlash, binolarni qoʻriqlash boʻyicha xizmatlarga haq toʻlash va boshqalar) xarajatlarini moliyalashtirishga budjet mablagʻlari ajratilishini nazarda tutsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi avval Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi uchun oʻrnatilgan aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalarining madaniyat yoʻnalishiga taalluqli qismini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ixtiyorida saqlab qolsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi haqidagi Nizomni tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
bir oy muddatda Madaniyat vazirligining hududiy boshqarmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlar belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda ikki oy muddatda teatrlar, konsert-tomosha muassasalari, muzeylar va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalarning yangilangan namunaviy shtatlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
madaniyat sohasi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va moliyalashtirish tartibini takomillashtirish, shuningdek har bir madaniyat va aholi dam olish markazlarida kutubxonalar tashkil qilish boʻyicha takliflarni;
oʻzbek raqsi turli yoʻnalishlarining boy tarixiy anʼanalarini tiklash va avaylab saqlash, ularni zamonaviy sanʼat va xoreografiyaning ilgʻor uslublari va yutuqlari bilan boyitishni nazarda tutadigan, maxsus taʼlim va malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishni, oʻzbek xalqining oʻziga xos madaniyati va yuksak maʼnaviyatini, takrorlanmas milliy rang-barangligini qamrab olgan oʻzbek raqsini keng ommalashtirish hamda targʻib qilishni yanada rivojlantirishning oʻrta muddatli chora-tadbirlar dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining markaziy apparati Toshkent shahri, Taras Shevchenko koʻchasi, 1-uyda joylashtirilsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi PQ-3337-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 07/17/3337/0135-son)
10. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahri konsert zallari va sanʼat saroylarini boshqarish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 30-yanvardagi 43-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasining QM, 2004-yil, 4-son, 44-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 30-sentabrdagi 455-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasining QM, 2004-yil, 40-41-sonlar, 436-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Nizomini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 5-apreldagi 96-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasining QM, 2005-yil, 14-son, 104-modda);
11. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 15-fevral,
PQ-2778-son
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qaroriga7-ILOVA
Madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish respublika ilmiy-metodik markazi
Umumiy cheklangan soni (yordamchi xodimlarsiz) — 34 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlar soni — 11 nafar
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2020-y., 07/20/4730/0670-son)