PQ-2899-son Qaror · 18.04.2017

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-2899
  • Qabul qilingan sana:18.04.2017
  • Kuchga kirgan sana:24.04.2017
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 16

(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5018-sonli Farmoniga muvofiq va ichimlik suvdan foydalanishda samarali davlat nazoratini taʼminlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 17 nafardan iborat boʻlgan markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;

(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)

ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin;

(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)

(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi PF-6074-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2020-y., 06/20/6074/1322-son)

(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)

2. 2017-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar — Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalar taʼminoti boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparatini Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining maʼmuriy binosida joylashtirilsin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)

4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda hududiy inspeksiyalarni bepul foydalanish huquqi bilan tegishli binolar va xonalarga joylashtirsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Davsuvinspeksiya”ni oʻrnatilgan tartibda telefon aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.

6. Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

suvdan foydalanish tartibini buzgan shaxslarning masʼuliyatini oshirishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida;

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar haqida takliflar kiritsin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 18-aprel,

PQ-2899-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2899-son qaroriga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining

Boshqaruv xodimlarining jami cheklangan soni — 73 nafar, ulardan:

markaziy apparat boshqaruv xodimlari soni — 17 nafar;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri inspeksiyalarining boshqaruv xodimlari soni — 56 nafar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2899-son qaroriga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparati

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 17 nafar;

Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni oʻrnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2899-son qaroriga 3-ILOVA

Ichimlik suvdan foydalanishni nazorat qilish hududiy inspeksiyalarining

Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 56 nafar, shu jumladan:

Toshkent, Fargʻona viloyatlari va Toshkent shahrida — 6 nafardan;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida — 4 nafardan;

Andijon, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida — 3 nafardan.

Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni oʻrnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-noyabrdagi PF-5883-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son)

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.