Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, xalqaro standartlarni va texnik reglamentlarni tizimli joriy etish, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini rivojlantirish asosida mahalliy mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish, shuningdek, “Oʻzstandart” agentligining tuzilmasini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining ustuvor vazifalari va yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
mahalliy mahsulotlarni ishlab chiqarishda xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni jadal joriy etish orqali ularning zamonaviy talablarga muvofiqligini taʼminlash va tashqi bozorlarda raqobatdoshligini oshirish;
mahsulot sifatini boshqarishning zamonaviy tizimlarini birinchi navbatda eksport qiluvchi korxonalarda keng joriy etish va sanoat mahsulotlarini xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlashtirishni amalga oshirish;
eksport qiluvchi korxonalarga mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalalarida qulay sharoitlarni yaratish, milliy sertifikatlar va muvofiqlikni baholash ishlari natijalari asosiy eksport bozorlarida tan olinishiga yoʻnaltirilgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish;
texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish, sotiladigan mahsulotlar xavfsizligini tizimli nazorat qilishni taʼminlashda ularning samaradorligini oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari va aholiga koʻrsatiladigan interaktiv davlat xizmatlari turlarini kengaytirish;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiya sohalarida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
2. “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining:
a) “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini, unga:
“Toshkent shahar sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasini qoʻshish;
“Oʻzstandart” agentligi markaziy apparati tuzilmasidan chiqarilayotgan Mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish byurosini oʻtkazish yoʻli bilan qayta tashkil etish;
b) “Oʻzstandart” agentligi qoshida:
(2-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
mavjud “Milliy etalonlar markazi” davlat muassasasi, “Metrologiya xizmatlari koʻrsatish markazi” davlat korxonasi va “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti” davlat muassasasining metrologik boʻlinmalari negizida “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasini (“OʻzMMI” DK) tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
3. Quyidagilar davlat korxonalari faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
b) “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasining:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha choralarni amalga oshirishi;
etalonlar, eng yuqori aniqlikdagi oʻlchov vositalarini saqlab turishi, ularni xalqaro darajada solishtirishi, shuningdek, oʻlchov birliklarini saqlashi va uzatishi;
oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha normativ hujjatlarni ishlab chiqishi, metrologik nazorat natijalarini oʻzaro tan olish boʻyicha xalqaro shartnomalarni amalga oshirishi;
metrologik tekshiruvni va metrologiya sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi.
4. 2017 — 2020-yillarda “Oʻzstandart” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
5. Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 07/18/4059/2299-son)
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 07/18/4059/2299-son)
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 07/18/4059/2299-son)
2018 — 2022-yillarda “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi tomonidan xarid qilinadigan etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchov vositalari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PQ-4059-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 07/18/4059/2299-son)
6. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengash tugatilib, Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirishni rivojlantirish va mahsulot sifatini boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruh 6-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Maxsus ishchi guruh zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:
standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulotlar sifatini boshqarish tizimlarini joriy etish sohasidagi ustuvor yoʻnalishlarni belgilash hamda qonunchilik va normativ hujjatlarni ishlab chiqishni tashkillashtirish;
texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditatsiyaning milliy tizimlarini rivojlantirish boʻyicha kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish;
respublikamiz korxonalarida xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan mahsulot sifatini boshqarish tizimlarini joriy etish va sertifikatlashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va ularning tizimli monitoringini amalga oshirish.
7. “Oʻzstandart” agentligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Parij shahrida 1875 yil 20-mayda qabul qilingan Metrik konvensiyaga qoʻshilish masalasini oʻrganib chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tegishli taklif kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda 5-ilovada qayd etilgan etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini xarid qilish uchun zarur boʻlgan mablagʻni nazarda tutsin.
9. “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi Toshkent shahri, Olmazor tumani, Forobiy koʻchasi, 333a, 333b uylarda joylashtirilsin;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
11. Istisno tariqasida:
“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, etalonlarni tayyorlashga ixtisoslashgan yetakchi xorijiy metrologik tashkilotlar bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish orqali etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchov vositalarini xarid qilish;
“Oʻzstandart” agentligi va uning tashkiliy tuzilmalariga “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazi” davlat korxonasi bilan texnik va tizimli xizmat koʻrsatish, jumladan, server va telekommunikatsiya uskunalariga, kompyuter va tashkiliy texnikaga xizmat koʻrsatish, dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va kuzatib borish, shuningdek, axborot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tender (tanlov) oʻtkazmagan holda shartnomalar tuzish ruxsat etilsin.
12. “Oʻzstandart” agentligi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda “Oʻzstandart” agentligi va uning boʻlinmalari shtat jadvallari va xarajatlar smetasiga 2017-yil uchun smeta xarajatlarida nazarda tutilgan shtat birliklari va budjet ajratmalari doirasida, mazkur qarordan kelib chiqadigan tegishli oʻzgartishlar kiritsin;
belgilangan tartibda “Oʻzbekiston muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish markazi” va “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonalari nizomlarini tasdiqlasin va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar taqdim etsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U. U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 28-aprel,
PQ-2935-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son qaroriga 1-ILOVA
2017 — 2020-yillarda “Oʻzstandart” agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish va ish samaradorligini oshirish boʻyicha
Kompleks chora-tadbirlar dasturiga 1-ILOVA
2017 — 2020-yillarda xalqaro standartlarni qabul qilishning
* Izoh: Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirishni rivojlantirish va mahsulot sifatini boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruh tomonidan zarur hollarda vazirlik va idoralarning asoslangan takliflari boʻyicha tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Kompleks chora-tadbirlar dasturiga 2-ILOVA
Hududiy boshqaruv tasarrufidagi korxonalarda sifat menejmenti tizimini joriy etishning
* Izoh: Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirishni rivojlantirish va mahsulot sifatini boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruh tomonidan zarur hollarda vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan takliflari boʻyicha tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Kompleks chora-tadbirlar dasturiga 2a-ILOVA
Vazirlar Mahkamasi komplekslari tarkibiga kiruvchi korxonalarda sifat menejmenti tizimini joriy etishning
* Izoh: Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirishni rivojlantirish va mahsulot sifatini boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruh tomonidan zarur hollarda vazirlik va idoralarning asoslangan takliflari boʻyicha tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son qaroriga5-ILOVA
2018 — 2022-yillarda “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi tomonidan xarid qilinadigan etalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchov vositalari
Izoh: Etalon qiymati va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchov vositalari hisob-kitobli boʻlib, texnik vazifalarni ishlab chiqish va shartnomalar tuzish darajasiga qarab aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi PQ-2935-son qaroriga 6-ILOVA
Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirishni rivojlantirish va mahsulot sifatini boshqarish tizimlarini joriy etishni muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus ishchi guruh
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-apreldagi “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2935-sonli qarorigaShARH