PQ-3012-son Qaror · 26.05.2017

2017-2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3012
  • Qabul qilingan sana:26.05.2017
  • Kuchga kirgan sana:30.05.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 22

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yilning 5-maydagi PQ-2343-sonli qarori bilan tasdiqlangan, 2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sigʻimini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalar va tizimlarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi doirasida keyingi yillarda respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohasida energiya tejamkorligini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Maishiy uskunalarni ishlab chiqarish energetik menejmenti va energetik markirovkalash standartlari joriy etildi. Koʻchalarni yoritish tizimida energiya isteʼmoli boʻyicha samarali texnologiyalarni hamda uy-joy va ijtimoiy binolar uchun energiyani tejaydigan lampalarni joriy qilish ishlari olib borilmoqda, respublika hududida quvvati 40 Vtdan yuqori boʻlgan choʻgʻlanma lampalarni sotish toʻxtatildi.

Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalarida energiya sigʻimi yuqori boʻlgan isitish qozonlarini energiya tejamkorlariga almashtirilmoqda. Energetika tarmogʻida zamonaviy gaz va bugʻ turbinali qurilmalarni joriy qilish boʻyicha investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga doir qabul qilingan Dastur doirasida 42 ta yangi gidroelektrostansiya qurish va ishlab turgan 32 ta gidroelektrostansiyani modernizatsiya qilish hisobiga 2025-yilga qadar respublikamizning ekologik toza gidroenergiya ishlab chiqarish quvvatlarini 1,7 barobarga oshirish nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, milliy iqtisodiyotning energiya sigʻimi yuqoriligicha qolmoqda, qayta tiklanuvchi manbalarni sanoat ishlab chiqarishiga jalb etish hisobiga yoqilgʻi-energetika balansini diversifikatsiyalash darajasi jahon tendensiyasiga javob bermaydi. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda birlamchi yoqilgʻi sifatida asosan tabiiy gaz va boshqa anʼanaviy uglevodorod yoqilgʻi turlaridan foydalanilmoqda.

Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining (quyosh, shamol va biogaz energiyasi, kichik tabiiy va sunʼiy suv oqimlarining gidroenergiyasi) mavjud yuqori imkoniyatlaridan amalda foydalanilmayapti.

2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, ishlab chiqarishning energiya sigʻimini qisqartirish, milliy ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va sinovdan oʻtgan xalqaro energotejamkor ilgʻor texnologiyalar tadqiqotlarini amaliyotga maqsadli joriy etish sohasida belgilangan ustuvor yoʻnalishlarni roʻyobga chiqarish maqsadida:

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan ishlab chiqilgan 2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb yuritiladi) maʼqullansin, Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

(2-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son qarori tahririda— Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 07/22/436/1061-son)

(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)

qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga doir investitsiya loyihalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;

(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)

(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)

2017 — 2021-yillarda budjet tashkilotlarida energiya samarador isitish qozonlarini joriy etish jadvali 5-ilovaga muvofiq;

2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi tashkilotlari nasos stansiyalarida energiya samarador nasoslar va elektrodvigatellarni joriy etish jadvali 6-ilovaga muvofiq.

(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)

Vazirlar Mahkamasi komplekslari, masʼul ijrochilar — vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlariga mazkur qaror bilan maʼqullangan Dasturdagi chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy masʼuliyat yuklansin.

Tegishli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi uchun masʼul boʻlgan vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari har bir parametr va loyiha boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning bir oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.

(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)

4. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Quyosh energiyasi xalqaro instituti, “Oʻzbekenergo” AJ Ilmiy-texnik markazi ikki oy muddatda qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanish, shu jumladan, quyosh energetikasini rivojlantirish, energiya samaradorligi sohasidagi mahalliy ishlanmalar va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, sinovdan oʻtgan xorijiy ilgʻor texnologiyalarni transfer qilish imkoniyatini tahlil qilish asosida iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarida qayta tiklanuvchi manbalar energiyasini maqsadli joriy qilish va quyosh energetikasini rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.

(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)

6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida, shuningdek, mahalliy budjetlar qoʻrsatkichlarida Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarning bajarilishi uchun zarur mablagʻlarni asoslangan hisob-kitoblarga koʻra nazarda tutsin.

7. Belgilab qoʻyilsinki:

belgilangan quvvatlari tegishli ravishda 0,2 MVt va 30 MVt boʻlgan mikro va kichik gidroelektrostansiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi isteʼmolchilar, shuningdek, tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan va ikkilamchi energetik resurslardan foydalangan holda energiya ishlab chiqaruvchilar yagona elektr energetikasi va elektr energiyasi isteʼmolchilarining tarmoqlariga qonunchilik talablariga muvofiq blok-stansiyalar shartlarida ulanishlari mumkin;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ikkilamchi energetik resurslardan foydalanadigan qurilmalar yagona elektr energetikasi tizimi operatorining dispetcherlik grafigida elektr energiyasini sotib olish boʻyicha qazilma yoqilgʻilaridan foydalanadigan energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarga nisbatan ustuvorlikka egadir;

mavjud elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va (yoki) kengaytirish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalarini (qurilmalarini) ulash bilan bogʻliq xarajatlar ushbu tarmoq egalari tomonidan, yagona elektr energetikasi tizimiga ulash nuqtasigacha esa — qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi;

yagona elektr energetika tizimiga yetkazib berilayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (“Oʻzbekgidroenergo” AJdan tashqari) ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar uchun amaldagi tarif qiymatida (qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda), yagona elektr energetika tizimi boʻyicha elektr energiyasi birligini yetkazib berish tannarxiga kamaytirilgan qiymatda, shuningdek, hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr energiyasi birligini taqsimlash va sotish qiymatiga kamaytirilgan holda, amalga oshiriladi.

Bunda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod qilish boʻyicha imtiyoz va preferensiyalarning amal qilish davrida amalga oshiriladi.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ va mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan kelishgan holda qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr energiya ishlab chiqaruvchi isteʼmolchilardan elektr energiya sotib olish boʻyicha shartnomalar tuzish huquqiga egadir.

(7-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)

8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda loyihalar tashabbuskorlariga yer uchastkalarini ajratishda va loyiha tashabbuskorlari murojaatlariga asosan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi uskunalarni qurish loyihalarini vakolatli davlat organlari bilan “yagona darcha” tamoyili orqali kelishishda qonunchilikda belgilangan tartibda koʻmaklashsin;

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi uskunalarni qurish va foydalanishga topshirishda ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish muddatlariga ijro etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Gʻ.I. Ibragimov) uch oy muddatda uglevodorod yoqilgʻisini qazib olish, qayta ishlash, transportirovka qilish, taqsimlash, uglevodorod yoqilgʻisidan foydalanish, uni qayta ishlash orqali energiyani sanoat turlariga aylantirish, issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish holati ustidan davlat nazorati tizimini takomillashtirish boʻyicha choralar koʻrsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-apreldagi F-4891 farmoyishi bilan tashkil qilingan Tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmi va tarkibini tanqidiy tahlil qilish, import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish Komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan roʻyxatga asosan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun chetdan olib kelinadigan texnologik uskunalar, xom ashyo, materiallar, butlovchi va ehtiyot qismlar, texnologik hujjatlar 2022-yilning 1-yanvarigacha bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻimlari bundan mustasno) ozod qilinsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi Dasturni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari murojaatlariga asosan xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy hukumat fondlari va tashkilotlarining grantlari, kreditlari va maqsadli mablagʻlarining jalb qilinishini doimiy ravishda taʼminlasin.

(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)

12. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻzbekgidroenergo” AJ manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻyicha texnologiyalarni joriy qilish, energiya samaradorligini oshirish, yoqilgʻi-energetika resurslaridan tejamli va oqilona foydalanish masalalarini doimiy ravishda keng yoritib borsin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sigʻimini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2343-sonli qarorining 2 — 4, 6-bandlari, shuningdek, qarorga 1 — 6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan, deb hisoblansin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 26-may,

PQ-3012-son

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qaroriga2-ILOVA

Qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga doir investitsiya loyihalari

*Loyihalarning yakuniy qiymati va moliyalashtirish manbalariga loyihaning LTIA/TIAni tasdiqlash va tender savdolarini oʻtkazish natijalari boʻyicha aniqlik kiritilishi lozim.

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)

(4a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi PQ-4422-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 07/19/4422/3629-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qaroriga5-ILOVA

2017 — 2021-yillarda budjet tashkilotlarida energiya samarador isitish qozonlarini joriy etish

Izoh: maqsadli koʻrsatkichlar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish yakunlari boʻyicha aniqlanadi va ularga Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi tomonidan aniqlik kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qaroriga6-ILOVA

2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining suv xoʻjaligi tashkilotlari nasos stansiyalarida energiya samarador nasoslar va elektr dvigatellarni joriy etish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi PQ-3012-son qaroriga7-ILOVA

Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasi

Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga SHARH

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.