PQ-3038-son Qaror · 06.06.2017

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3038
  • Qabul qilingan sana:06.06.2017
  • Kuchga kirgan sana:13.06.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 23

Oʻzbekiston Respublikasi hamda Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash, aholi bandligiga koʻmaklashish, turizm va atrof muhitni muhofaza qilishda, shuningdek, oʻzaro qiziqish uygʻotayotgan boshqa yoʻnalishlarda hududlararo manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va rivojlantirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2017-yil 23-martda Ostona shahrida imzolangan hududlararo hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-taomillarini bajargani haqida Qozogʻiston tomoniga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 6-iyun,

PQ-3038-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.