Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni izchil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish talablariga muvofiq, shuningdek, ishlarning samaradorligi va natijadorligini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va Hukumat apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish kompleksining rahbari lavozimi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi — Eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimi;
Bosh vazir oʻrinbosari — Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari lavozimi;
Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti;
Taʼlim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamenti;
Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti;
Iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti;
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi tugatilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga quyidagi lavozimlar kiritilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish kompleksi rahbari;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi — Tashqi iqtisodiy faoliyatni, eksport salohiyatini, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari lavozimi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati tuzilmasida:
Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti;
Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti;
Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti;
Investitsiya dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi monitoringini muvofiqlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti;
Tashqi iqtisodiy faoliyatni, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika hududlarining eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti;
Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi.
4. Quyidagilar:
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PP-3226-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparatining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi oʻrinbosarlari apparatlarining tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PP-3226-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
(4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PP-3226-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
(4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
(4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
(4-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PP-3226-sonli qaroriga chiqarilgan)
(4-bandning oʻn beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-avgustdagi PP-3226-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
(4-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin- qizlar qoʻmitasi raisi kotibiyatining tuzilmasi 16-ilovaga muvofiq;
Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasining tuzilmasi 17-ilovaga muvofiq;
Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining tuzilmasi 18-ilovaga muvofiq;
Vazirlar Mahkamasi apparatining funksional boʻlinmalari: Umumiy boʻlim, Axborot taʼminoti va kompyuter tizimlari boʻlimi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimi, Nazorat boʻlimi, Birinchi boʻlim, Kadrlar boʻlimining tuzilmalari 19 — 24-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
*1, 4 — 15, 23- ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
5. Belgilab qoʻyilsinki, Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga, Madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga, Sogʻliqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan taʼminlanadi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov) bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangi kiritilayotgan tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi (R.V. Abduqodirov):
bir hafta muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining shtatlar jadvaliga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
10 kun muddatda — yangidan kiritilayotgan lavozimlarning funksional vazifalarini tasdiqlasin;
bir oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari bilan birgalikda Ijro etuvchi apparatning tashkil etilgan axborot-tahlil departamentlarini va boshqa tarkibiy boʻlinmalarini chuqur maxsus bilimlarga ega boʻlgan va chet tillarini biladigan, departamentlarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini yuqori kasbiy darajada taʼminlashga qodir boʻlgan tajribali va malakali mutaxassislar bilan toʻldirish yuzasidan takliflar kiritsin.
8. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2016-yil 12-dekabrdagi PQ-2671-sonli qarorining 2-bandi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 14-dekabrdagi PQ-2679-sonli qarori 2-bandining uchinchi, beshinchi, oltinchi xatboshilari, 3-bandining ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari, 4-bandi, shuningdek, qarorga barcha ilovalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga qisman oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” 2017-yil 7-apreldagi PQ-2875-sonli qarorining 2 va 3-bandlari hamda qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 12-iyun,
PQ-3051-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri apparatining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi apparatining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son qaroriga 16-ILOVA
Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi kotibiyatining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son qaroriga 17-ILOVA
Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son qaroriga 18-ILOVA
Xoʻjalik faoliyati boshqarmasining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son qaroriga 19-ILOVA
Umumiy boʻlim
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son qaroriga 20-ILOVA
Axborot taʼminoti va kompyuter tizimlari boʻlimining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son qaroriga 21-ILOVA
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻlimining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son qaroriga 22-ILOVA
Nazorat boʻlimining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi PQ-3051-son qaroriga 24-ILOVA
Kadrlar boʻlimining