PQ-3058-son Qaror · 15.06.2017

“Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha qushimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3058
  • Qabul qilingan sana:15.06.2017
  • Kuchga kirgan sana:27.06.2017
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 25

(hujjat nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PF-5477-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son)

“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi faoliyatini samarali tashkil etish va moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash hamda davlat mulkidan samarali foydalanish maqsadida:

(muqqadima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PF-5477-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son)

1. “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining ilgari operativ boshqarish huquqida Toshkent shahar hokimligiga berilgan Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi, 109-uy manzilida joylashgan bino va unga tegishli boʻlgan hududni “Oʻzcharmsanoat” uyushmasiga bepul foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PF-5477-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son)

2. Toshkent shahar hokimligi mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatilgan obyektni oʻrnatilgan tartibda topshirishni, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi esa qabul qilib olishni, shuningdek, uyushma faoliyatining qatʼiy maqsadiga muvofiq undan samarali foydalanish taʼminlansin.

Toshkent shahar hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda “Oʻzcharmsanoat” Uyushmasi binosiga olib boruvchi yoʻllarni yaratishni belgilangan tartibda taʼminlasin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-iyuldagi PF-5477-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5477/1505-son)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tarkibini optimallashtirish va faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2463-sonli qarorining 5-ilova 4-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 15-iyun,

PQ-3058-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.