PQ-3073-son Qaror · 20.06.2017

Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-3073
  • Qabul qilingan sana:20.06.2017
  • Kuchga kirgan sana:21.06.2017
  • Rasmiy nashr:«Халк сузи» 122 (6816)

Muborak Ramazon hayitining maʼnaviy hayotimizdagi oliyjanob fazilatlarni, shukronalik, mehr-oqibat, hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi oʻrni va ahamiyatini eʼtiborga olib, milliy-diniy anʼanalarimizni asrab-avaylash va ulugʻlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Roʻza hayitini dam olish kuni deb eʼlon qilish toʻgʻrisida”gi 1992-yil 27-martdagi PF–368-son Farmoniga muvofiq:

1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2017-yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 26-iyun dushanba kuniga toʻgʻri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, 2017-yil 26-iyun dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.

2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari va boshqa mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Ramazon hayitini joylarda xalqimizning milliy urf-odatlariga mos tarzda, tartibli va yuqori darajada oʻtkazish uchun zarur tadbirlarni amalga oshirsin.

3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ramazon hayitini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2017-yil 20-iyun,

PQ-3073-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.