Qayd etilsinki, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, moddiy boyliklar va davlat manfaatlariga tahdidlarning oldini olish va ularning omillarini oʻz vaqtida bartaraf etish chora-tadbirlari tizimli amalga oshirilishi hisobiga erishiladigan temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash hozirgi zamon sharoitlarida temir yoʻl transportidan foydalanishning gʻoyat muhim vazifasi hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida respublikada tashkil etilgan xalqaro standartlar va talablarning asosiy qoidalarini oʻz ichiga oluvchi qonunchilik bazasi temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish sohasidagi faoliyatni ishonchli huquqiy tartibga solishni taʼminlaydi, respublikada shakllantirilgan temir yoʻl transporti tuzilmasi esa yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligining barqaror darajasini taʼminlash imkonini beradi.
Shu bilan birga, temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashning amaldagi tizimini tahlil qilish bir qancha hal etilmagan muammolar mavjudligini aniqladi. Bular:
birinchi — birinchi navbatda oʻzining temir yoʻllariga ega boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash ustidan davlat nazorati tizimining samaradorligini oshirish zarurligi;
ikkinchi — oʻzining temir yoʻllariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning temir yoʻl transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimining ular faoliyati oʻziga xosligiga muvofiq emasligi;
uchinchi — respublikada ishlab chiqariladigan va foydalaniladigan temir yoʻl mahsulotlarining sinov bazasini va ularni sertifikatlashtirishni rivojlantirish zarurligi hamda shu asosda muvofiqlikni baholash natijalari davlatlararo darajada eʼtirof etilishiga erishish.
Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash tizimi samaradorligini oshirish, qabul qilingan xalqaro standartlar va talablarga muvofiq, temir yoʻl transportining idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar, uning faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida:
1.Quyidagilar Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining (keyingi oʻrinlarda “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi deb ataladi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasining temir yoʻl transportida yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
temir yoʻl transportida foydalaniladigan mahsulotlarning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi ustidan nazorat qilish, shuningdek, ularni sertifikatlashtirishni tashkil etish;
oʻzining temir yoʻllariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish va ularda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalash.
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi (D.B. Ahmedov) zimmasiga inspeksiyaga yuklatilgan asosiy vazifalar va faoliyat yoʻnalishlari sifatli hamda toʻla hajmda amalga oshirilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
2. Belgilansinki, 2017-yilning 1-oktabridan boshlab ichki va xalqaro yoʻnalishlarda temir yoʻl transportida yoʻlovchilar va yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash, “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
3. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasining:
oʻz tuzilmasida Oʻzining temir yoʻllariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning temir yoʻl transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazini, shuningdek, “Temir yoʻl mahsulotlarini sertifikatlashtirish markazi” va “Putur yetkazmasdan nazorat qilish laboratoriyasi” davlat unitar korxonalarini tashkil etish;
Atrof muhit muhofazasi boʻyicha temir yoʻl ilmiy-ishlab chiqarish markazini tugatish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 96 nafar boʻlgan tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligin nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparatining boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 30 nafardan iborat tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining mintaqaviy filiali namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi boshligʻiga, zarurat boʻlganda, “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi boshligʻiga, zarurat boʻlganda, “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi markaziy apparati va mintaqaviy filiallari tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va ularni saqlab turish xarajatlari smetasi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
5. Belgilansinki, “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi boshligʻi maqomi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
6. Quyidagilar:
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasini saqlab turish temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasining xarajatlar smetasiga foiz nisbatida 4-ilovaga muvofiq miqdorlarda ajratiladigan majburiy ajratmalar;
temir yoʻl transportida yoʻlovchilar va yuklarni tashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi arizalar koʻrib chiqilganligi uchun undiriladigan yigʻimlar boʻyicha tushumlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
7.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining yangi tahrirdagi Nizomini;
oʻzining temir yoʻllarga ega boʻlgan yuridik shaxslarning temir yoʻl transporti xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash markazi, “Temir yoʻl mahsulotlarini sertifikatlashtirish markazi” va “Putur yetkazmasdan nazorat qilish laboratoriyasi” davlat unitar korxonalari tuzilmasini tasdiqlasin.
8. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi Toshkent shahri, Mirobod tumani, Turkiston koʻchasi, 7-uy manzilida joylashtirilsin.
9. “Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ilgari qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-avgust,
PQ-3221-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3221-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining
*Belgilangan tartibda akreditatsiyadan oʻtkazilishi lozim.
Oʻzdavtemiryoʻlnazorat tizimi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 96 nafar
shu jumladan:
Markaziy apparat — 30 nafar
Toshkent filiali (Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari), Fargʻona filiali (Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlari), Buxoro filiali (Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlari), Orolboʻyi filiali (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati), Qashqadaryo filiali (Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari) — 30 nafar
Oʻzining temir yoʻllariga ega boʻlgan yuridik shaxslarning temir yoʻl transporti xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazi — 11 nafar
“Temir yoʻl mahsulotlarini sertifikatlashtirish markazi” DUK — 18 nafar
“Putur yetkazmasdan nazorat qilish laboratoriyasi” DUK — 7 nafar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3221-son qaroriga2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasining
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 30 nafar.
Xizmat koʻrsatish va texnik xodimlar soni qonun hujjatlarida oʻrnatilgan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3221-son qaroriga3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hududiy filialining
*Filial boshligʻi oʻz mutaxassisligiga koʻra filial faoliyatining tarmoq yoʻnalishlaridan biri boʻyicha bir vaqtning oʻzida inspektor funksiyalarini bajaradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3221-son qaroriga 4-ILOVA
Temir yoʻl tashuvlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar tomonidan Oʻzdavtemiryoʻlnazoratning xarajatlar smetasiga nisbatan foiz hisobida ajratiladigan majburiy ajratmalar